Asosiy mazmunga o‘tish
OGAHIY
Muxammaslar

FUZULIY G'AZALIGA MUXAMMAS (51)

Muhammad Fuzuliy g‘azaliga taxmis · Ishq, hijron va firoq · 7 band

Mutaxassis tasdiqlaganMuxammaslar bo‘limi, 407-408-betlar
O‘qish taraqqiyoti0%

0 / 7 band

Misra ustiga bosing — izoh ochiladi

1-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Chunki ko'rdung man hazinni zor-u bemor, ey hakim,
  2. Dardimi qilding savol aylarga temor, ey hakim,
  3. Tut quloq aytay sanga ey mani zor, ey hakim,
Asos g‘azal bayti
  1. Ishqdin jonimda bir pinhon maraz vor, ey hakim,
  2. Xalqqa pinhon dardim izhor etma zinhor, ey hakim.
2-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Ishq dardidur agarchi asru shiddatlik balo,
  2. Lek erur dard ahlig'a yuz jon kibi rohatfazo,
  3. Bas, esang chekkil maning dardimg'a qilmoqdin davo,
Asos g‘azal bayti
  1. Vor bir dardimki cho'x darmondin ortiqdur mango,
  2. Qo'y, bu dardim-la darmon aylama dor, ey hakim.
3-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Dardimi fosh etmasun deb chekmon ohi sardimi,
  2. Ham nihon tutg'um sirishki olu rangzardimi,
  3. Sen do'iy, lutf ayla, shod et joni g'amparvardimi,
Asos g‘azal bayti
  1. Gar bosib ul bag'rima tashxis qilsang dardimi,
  2. Ol omonat qilma har bedarda izhor, ey hakim.
4-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Dard ila ma'nusu masrur o'yladurman necha yil,
  2. Kim erur ojiz oning sharhini qilmoqlikda til,
  3. Ondin ayrilsam o'larman bir zamon, albatta, bil,
Asos g‘azal bayti
  1. Gar banim tadbiri dardim edasen bir sa'yi qil,
  2. Kim o'lam bu darda ortuqroq giriftor, ey hakim.
5-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Ra'd yonglug' tutg'oy aflok avjin afg'onim uni,
  2. Barqdek yoqg'ay jahonni ohim o'ti uchquni,
  3. Gar mani devonadin qilmas esang bovar muni,
Asos g‘azal bayti
  1. Ko'r, tani uryon ila ahvolima hijron kuni,
  2. Vor emish ro'zi qiyomat, qilma inkor, ey hakim.
6-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Rohat o'lmas oshiqa to tarki rohat qilmayub,
  2. Kom topmas xanjari ishq ila bag'rin dilmayub,
  3. Dardig'a topmas davo to jonidin oyrulmayub,
Asos g‘azal bayti
  1. Chekma zahmat, chorayi dardimda o'lma bilmayub,
  2. Kim o'la darmoni dardi ishq dushvor, ey hakim.
7-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Har kishining jonida gar ishq dardi er tutar,
  2. Bir dam oldin muxlisi topmay bu olamdin o'tar,
  3. Ko'rki topmay Ogahiy tadbirin oning qon yutar,
Asos g‘azal bayti
  1. Ranj chekma, sihhat umidin Fuzuliydin ko'tar
  2. Kim, qabuli sihhat etmaz bo'yla bemor, ey hakim.