Asosiy mazmunga o‘tish
OGAHIY
Muxammaslar

NAVOIY G'AZALIGA MUXAMMAS (52)

Alisher Navoiy g‘azaliga taxmis · May, soqiy va rindlik · 7 band

Mutaxassis tasdiqlaganMuxammaslar bo‘limi, 409-410-betlar
O‘qish taraqqiyoti0%

0 / 7 band

Misra ustiga bosing — izoh ochiladi

1-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Bihamdillahki, ag'yor ulfatidin ijtinob aylab,
  2. Mango mehr-u vafou rahmu shafqat behisob aylab,
  3. Buzulg'on maskanimni gulshan etmak irtikob aylab,
Asos g‘azal bayti
  1. Tun oqshom keldi kulbam sori ul gulrux shitob aylab,
  2. Xiromi sur'atidin gul uza xaydin gulob aylab.
2-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Mulukona qo'yub egri boshi uzra kulohi zar,
  2. Dalerona etak sanchib, olib qo'lg'a og'ir shashpar,
  3. Kamand aylab sochi torin ko'ngul qaydi uchun yaksar,
Asos g‘azal bayti
  1. Chekib mujgoni shabravlar kibi jon qasdig'a xanjar,
  2. Beliga zulfi anbarboridin mushkin tanob aylab.
3-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Necha turluk dalolu g'anj ila kulbam aro kirdi,
  2. Tabassum durjig'a lutf-u ado gavharlarin terdi,
  3. Ravonoso xiromida adab osori fosh erdi,
Asos g‘azal bayti
  1. Kelib o'lturdi-yu ilkim tutub yonida yer berdi,
  2. Takallum boshladi har lafzini durri xushob aylab.
4-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Nechuk durlarki bo'lmish huqqayi yoqut ango maskan,
  2. Alarning birig'a bo'lmay baho yuz ganju ming maxzan,
  3. Bu yanglig' dur sochib holimni so'rdi bo'yla ul purfan,
Asos g‘azal bayti
  1. Ki, ey zor-u balokash oshiqim, mansiz nechukdursan,
  2. Men o'ldim lolu, ayta olmayin mayli javob aylab.
5-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Bu holimni ko'rub, shavqim ne chog'liq erkanin bildi,
  2. Yeridin sachrabon turdiyu, qoshimg'a yovuq keldi,
  3. Ikovlon mast o'loli deb kulub bo'ynumg'a osildi,
Asos g‘azal bayti
  1. Chiqordi shishai may dag'i bir sog'ar to'lo qildi,
  2. Ichib tutdi mango yuz nav' lutfoso itob aylab.
6-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Dedi: ey xoksorim, emdi ashking to'kmagil ko'zdin,
  2. Qilib no'sh ushbu sog'arni, orit g'am gardini yuzdin,
  3. Man ilkidin olib, sog'ar topib komimni bu so'zdin.
Asos g‘azal bayti
  1. Ichib, faryod etib, tushdum ayoqig'a, borib o'zdin,
  2. Mani yo'q bodakim, lutfi aning mastu xarob aylab.
7-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Na xushtur, Ogahiy, ishrat tunida yor ila bo'lmoq,
  2. Qo'lidin no'sh etib har dam tarab jomini afzunroq,
  3. Bo'lub sarmast, ayoqig'a yiqilmoq o'ylakim tufroq,
Asos g‘azal bayti
  1. Anikim eltkay vasl uyqusi ishrat tuni mundoq,
  2. Navoiydek yotar, to subhi mahshar tarki xob aylab.