Asosiy mazmunga o‘tish
OGAHIY
Muxammaslar

MUNIS G'AZALIGA MUXAMMAS (53)

Munis Xorazmiy g‘azaliga taxmis · Ishq, hijron va firoq · 9 band

Mutaxassis tasdiqlaganMuxammaslar bo‘limi, 410-411-betlar
O‘qish taraqqiyoti0%

0 / 9 band

Misra ustiga bosing — izoh ochiladi

1-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Ey xayli g'amzang toroji birla yetmish sarosar imkong'a yag'mo
  2. Ishvang sipohi chopg'unlaridan tushmish gado sultong'a yag'mo,
  3. Fatton ko'zingning imosidindur odamg'a ofat, hayvong'a yag'mo,
Asos g‘azal bayti
  1. Vah, ne balolig' ko'zdur sangokim solmish nigohing davrong'a yag'mo,
  2. Mardumlaringdin kufr ichra g'orat, kirpiklaringdin imong'a yag'mo.
2-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Ham chok etib gul har yon giribon, ham nastaringg'a yuz pora xafton,
  2. Ham sunbuli tar a'zosi larzon, ham sarbasardur pajmurda rayhon,
  3. Ham g'uncha bag'ri qat-qat bo'lub qon, ham nargis o'lmish mabhutu hayron,
Asos g‘azal bayti
  1. Ham sarvi ra'no andomi uryon, ham naxli zebo holi parishon,
  2. Go'yoki solmish qadding niholi bir jilva birla bo'stong'a yag'mo.
3-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Ishqing jafosi domi asiri to bo'lmisham man baxti siyahkim,
  2. Sandin tarahhum bir ko'rmadim, ey husnu malohat mulkida shohkim,
  3. Man notavonu zor-u hazining, oxir sango ne qildim gunahkim,
Asos g‘azal bayti
  1. G'amzang sipohin tortib yetushting man mubtaloning qasdig'a, vahkim,
  2. Bu turktozing oshubi soldi ko'nglumga g'orat ham jong'a yag'mo.
4-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Hayratg'a soldi qadding xiromi bog'i jinonning ar-arlarini,
  2. Beqadr qildi la'ling kalomi qannodi olam shakkarlarini,
  3. Bir sho'x sandek yo'qdur nechakim ko'rdum jahonning dilbarlarini,
Asos g‘azal bayti
  1. Yetkach xayoling to'kti ko'zumdin domang'a ashkim gavharlarini,
  2. G'avvosdekkim sohilg'a to'kkay durlarni, solg'och Ummong'a yag'mo.
5-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Nogah yetushsa gar har kishining ko'nglig'a ishqing tig'i yarosi,
  2. Hargiz topilmas bu olam ichra to o'lmaguncha oning davosi,
  3. Bilmonki, sanda bordur na xislat, ey xublarning farmonravosi,
Asos g‘azal bayti
  1. Ochqoch jamoling ko'z mardumidin toroj bo'ldi nur-u ziyosi,
  2. Ul nav'durkim, yetkay paridin bir jilva qilg'och insong'a yag'mo.
6-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Ishqing g'amidin bu olam ichra ohin falakdin oshurmag'on kim,
  2. Hajring tunida yig'lab, tun-u kun bayt ul-hazanda o'lturmag'on kim,
  3. Har dam yutub qon, mehnat toshidin jon shishasini sindurmag'on kim,
Asos g‘azal bayti
  1. Bir kimsa yo'qtur olam ichida naqdi dilini oldurmag'onkim,
  2. Go'yoki yetmish ishqing balosi g'oratgaridur har yong'a yag'mo.
7-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Sensen latofat taxti uza shah, husn ahlidurlar xayli sipohing,
  2. Bo'lsun ilohi to ro'zi mahshar afzun oliy iqbol-u johing,
  3. Tutg'il quloqkim, olingda holin arz etgusi bu holi tabohing,
Asos g‘azal bayti
  1. G'amdin buzulg'on ko'nglumga yag'mo solmoqliq istar holi siyohing,
  2. Ne hosil aylar erkan bu hindu solmoq bila ul vayrong'a yag'mo.
8-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Targ'ib etar ko'b ahli jahonni az'of ila zar nazr aylamakka,
  2. Aylar duolar ganji karamdin atlof ila zar nazr aylamakka,
  3. Qone' emastur eldin tariqi insof ila zar nazr aylamakka,
Asos g‘azal bayti
  1. Zohidki elni aylar dalolat isrof ila zar nazr aylamakka,
  2. Ul hiylagarga budur g'arazkim, solg'oy guruhi nodong'a yag'mo.
9-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Jono, eshitkil ahli vafog'a asru sitamgar qotil emish ishq
  2. Kim, Ogahiyg'a javr-u jafodin qilmas zamoni o'zga bir ish ishq,
  3. Aylab tarahhum, holig'a boqkim, emdi etmish qatlig'a tish ishq,
Asos g‘azal bayti
  1. Munisni aylab hayron jamoling tarojin oning qasd aylamish ishq,
  2. Hayratdamankim, olg'ay nesin ul solmoq bila bu hayrong'a yag'mo.