Asosiy mazmunga o‘tish
OGAHIY
Muxammaslar

MUNIS G'AZALIGA MUXAMMAS (54)

Munis Xorazmiy g‘azaliga taxmis · Ishq, hijron va firoq · 9 band

Mutaxassis tasdiqlaganMuxammaslar bo‘limi, 412-413-betlar
O‘qish taraqqiyoti0%

0 / 9 band

Misra ustiga bosing — izoh ochiladi

1-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Saropo ashk o'lub xoki daringg'a sochila olmon,
  2. Qadim o'q aylabon ko'ying sorig'a otila olmon,
  3. Bo'lub tufroq ayoqingga zamone bosila olmon,
Asos g‘azal bayti
  1. Taraddudlar bila o'zni sango hamdam qila olmon,
  2. Bu hirmonimg'a mujib ne ekan, jono, bila olmon.
2-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Ravodurmu muruvvat rasmida muncha jafo qilmoq,
  2. Ki yer uzra yiqildi paykarim ul nav'kim tufroq.
  3. Qil emdi rahm, ey xublar aro husn ichra afzunroq,
Asos g‘azal bayti
  1. Quyoshdek orazingdin ayru baxtim tiyradur andoq,
  2. Ki hargiz soyadek ul tiyralikdin ayrila olmon.
3-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Hasad ahli mango qasd aylabon yo'lim uza kelmish,
  2. Murodim eshigin sa'yu jadal qufli bila ilmish,
  3. Magarkim ko'yinga azm etkanimni bu kecha bilmish,
Asos g‘azal bayti
  1. Raqibi kinavarlar man'ima ondoq g'ulu etmish,
  2. Ki sartosar ko'ngul bo'lsam janobingg'a kela olmon.
4-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Firoqing dog'i ranji hiylau tadbir ila ketmas,
  2. G'aming tig'i yarosi hech bir marham bila bitmas,
  3. Ochilmoqqa dili tangim guliston sayri sud etmas,
Asos g‘azal bayti
  1. G'amingda g'unchadurman gar nasimi shafqating etmas,
  2. Bahor o'lsa jahon yaksar zamone ochila olmon.
5-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Boribdur toki ko'yi ishq aro nomus ila orim,
  2. Barobar anglamishman olam ichra yo'qimu borim,
  3. Yeturmak rohat elga qudratim yetkunchadur korim,
Asos g‘azal bayti
  1. Muloyim tiynat o'lmishman kishiga etmas ozorim,
  2. Agar xori rah o'lsam ham ayoqqa sonchila olmon.
6-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Mango dushmanlig' izhor aylasa gar hosidi jofi,
  2. Oning haqida manda do'stlig' atvoridur vofi,
  3. Inong'il sidq birla, bu so'zumning yo'qturur lofi,
Asos g‘azal bayti
  1. Muhabbat kinadin ko'nglumni ul nav' aylamish sofi,
  2. Ki dushmanlar yuziga do'stlig' bobin ila olmon.
7-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Qilibdur bo'ynuma to ul pari zulfi xami payvand,
  2. Junun jomin icharman lahza-lahza o'ylakim gulqand,
  3. Maningdek masti majnung'a ne pand aylar osig', ne band,
Asos g‘azal bayti
  1. Erurman bexudi ishq, urma yuzimga gulobi pand,
  2. Bu tadbiring bila, ey shayxi nodon, oyila olmon.
8-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Qachon umrim bo'lub oxir ajal changolig'a yetkum,
  2. Bo'lub ishqing bila hamroh adam mulki sori ketkum,
  3. Vale noahlni yolg'on so'z ila aldomoy netkum,
Asos g‘azal bayti
  1. Salomat ahli olida dedim: ishqingni tark etkum,
  2. Salomat ahli bilsunlar bu so'zda topila olmon.
9-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Hama vaslingda shod-u, Ogahiy hajringdadur mag'mum,
  2. Sabab bu holig'a ne erkoni olimdadur maktum,
  3. Manga, ey xublar shohi, bu sirni aylagil ma'lum,
Asos g‘azal bayti
  1. Erur ko'yingda itlar mahramu man Munising mahrum,
  2. Nedin ul zumrayi mahram aro man qotila olmon?