Muxammaslar
FUZULIY G'AZALIGA MUXAMMAS (55)
Muhammad Fuzuliy g‘azaliga taxmis · Ishq, hijron va firoq · 7 band
Mutaxassis tasdiqlaganMuxammaslar bo‘limi, 413-414-betlar
O‘qish taraqqiyoti0%
0 / 7 band
Misra ustiga bosing — izoh ochiladi
1-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Jafo tarkin mane mahzuna bir dam ul sanam qilmaz,
- Ko'zim ondin oningdek nam qilur zohirki, yam qilmaz,
- Agarchi mavj urub oqmoqni kam bir lahza ham qilmaz,
Asos g‘azal bayti
- Nami ashkim mukaddar xotirimdin raf'i g'am qilmaz,
- Bu ravshandur nami oyinadin zangor kam qilmaz.
2-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Qoshing mehrobi o'lmish qiblagohi ahli kufru din,
- Ki onda kim duo qilsa degay xayli malak omin,
- Bas aylab baxt yovarlik agar, ey yori xush, tamkin,
Asos g‘azal bayti
- Xami abro'yi mushkiningniki, ko'rsa zohidi xudbin,
- Daxi qomat sujudi go'shayi mehroba xam qilmaz.
3-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- G'amingda otashi ohim — la yondi bu yeti toram,
- Sirishkim seli to'fonig'a bordi jumlayi olam,
- Buning-la ham jafoni jonima kam qilmading bir dam,
Asos g‘azal bayti
- Sango, ey sho'xi sangindil, demon butpeshakim, but ham,
- Agarchi sangdildur, bo'yla bedodu sitam qilmaz.
4-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Chekib javri yukin jismim o'lubdur ul sifatkim mo',
- Jafosi kovkovidin biaynih ko'zlarimdur jo',
- Bag'ir qoni hamul jo'larda joriy suv kibi har so',
Asos g‘azal bayti
- Jafou javr ila qon o'ldi bag'rim, yo Rab, ul badxo',
- Nechun tark aylamaz javru jafosin, bir karam qilmaz?!
5-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Yo'lingda yuz qo'yub, giryon o'lan bu xoksoringdur,
- Ayog'ing tufrog'ini o'pmaga ummidvoringdur,
- Sanga arz aylaram, jono, eshitmak garchi oringdur,
Asos g‘azal bayti
- Murodim giryadin kasbi g'ubori rahguzoringdur,
- Ko'zim yoshi damo-dam chehrami behuda nam qilmaz.
6-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Ko'ngul ermaski, Haq tuzmishdurur g'am gunbazi tarhin,
- Emastur jonki, ta'mir aylamish dard-u mihan sarhin,
- Demakka til na hojatdur, dilu jonim nihon jarhin,
Asos g‘azal bayti
- Xating davrida ashki ol ila dard-u g'amim sharhin,
- Dam o'lmazkim, ruxi zardimda mujgonim raqam qilmaz.
7-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Bu bog' ichra guloso har kishikim sofbotindur,
- Visoling gulshanining rohati naqdig'a xozindur,
- Tamomi orzudin Ogahiydek tinchu emindur,
Asos g‘azal bayti
- Fuzuliy, xasta dil to ravzayi ko'yingda sokindur,
- Tamannoyi bihishtu mayli gulzori Eram qilmaz.