Asosiy mazmunga o‘tish
OGAHIY
Muxammaslar

FUZULIY G'AZALIGA MUXAMMAS (56)

Muhammad Fuzuliy g‘azaliga taxmis · Ishq, hijron va firoq · 7 band

Mutaxassis tasdiqlaganMuxammaslar bo‘limi, 414-415-betlar
O‘qish taraqqiyoti0%

0 / 7 band

Misra ustiga bosing — izoh ochiladi

1-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Qobili diydor agar ahli jamol aylar mani,
  2. Yuzlarining ko'zgusi to'ti misol aylar mani,
  3. Garchi xublar surati sohibmaqol aylar mani,
Asos g‘azal bayti
  1. Hayrat, ey but, surating ko'rdukcha, lol aylar mani,
  2. Surati holim ko'ran surat xayol aylar mani.
2-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Dahr aro mehri ruxung solg'usi partav kunchakim,
  2. Hajridin yog'du kunim bo'lmish qarong'u tunchakim,
  3. Partave ondin tilarman kecha tong otqunchakim,
Asos g‘azal bayti
  1. Mehr solmazsen manga, lutf aylamazsan munchakim,
  2. Soyatak savdoi zulfing poymol aylar mani.
3-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Husn ila sen-sen jahonda mehri anvar nechakim,
  2. Furqating shomida manman zor-u muztar nechakim,
  3. Garchi ehsoning manga behaddu bimar nechakim,
Asos g‘azal bayti
  1. Za'fu toli' moni'i tavfiq o'lur har nechakim,
  2. Iltifoting orzumandi visol aylar mani.
4-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. O'yla oliy manzalatsankim, saning misling adam,
  2. Ko'yinga man xoksoring yetkuray naylab qadam?
  3. Chun sariri husn uza sen podshohi muhtasham,
Asos g‘azal bayti
  1. Ban gado, san shoha yor o'lmoq yo'x, ammo naylaram
  2. Orzu sargashtayi fikri mahol aylar mani.
5-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Chok erur man xastag'a nozing xadangingdin jigar,
  2. Sunbulung savdosida devona ko'nglum navhagar,
  3. Emdi rahm aylab mango, ey sarvqadi siymbar,
Asos g‘azal bayti
  1. Tiri g'amzang otmakim, bag'rim dilar, qonim do'kar,
  2. Iqdi zulfing ochmakim, oshuftahol aylar mani.
6-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Har nafas ko'nglum borur bir mohpaykar ishqina,
  2. Har zamon jonim tushar bir la'li shakkar ishqina,
  3. Ko'rgach o'lg'um mubtalo bir sho'xi dilbar ishqina,
Asos g‘azal bayti
  1. Dahr vaqf etmish mani navras go'zallar ishqina,
  2. Har yetan mahvash asiri xattu xol aylar mani.
7-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Kimga rahbarlik qilur yori shafiqi ishqkim,
  2. Bo'lg'usi manzil ango baytul-atiqi ishqkim,
  3. Ogahiydek chun mango bordur rafiqi ishqkim,
Asos g‘azal bayti
  1. Ey Fuzuliy, qilmazam tarki tariqi ishqkim,
  2. Bu fazilat doxili ahli kamol aylar mani.