Muxammaslar
NAVOIY G'AZALIGA MUXAMMAS (57)
Alisher Navoiy g‘azaliga taxmis · Ishq, hijron va firoq · 7 band
Mutaxassis tasdiqlaganMuxammaslar bo‘limi, 415-416-betlar
O‘qish taraqqiyoti0%
0 / 7 band
Misra ustiga bosing — izoh ochiladi
1-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Nigor, moyili ag'yormu ekin oyo?
- Bu bedilidin anga ormu ekin oyo?
- Va yo manga dog'i g'amxormu ekin oyo?
Asos g‘azal bayti
- Ul oy bu telba bila yormu ekin oyo?
- Zamiri ichra g'amim bormu ekin oyo?
2-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Fig'onki, tashlab ul oy hajr o'tig'a ketti mani,
- Ul o't boshimdin ayoq o'rtabon eritti mani,
- Ham oldi hushimu bilmonki, so'ngra netti mani,
Asos g‘azal bayti
- Bukim firoq o'zimdin xabarsiz etti mani,
- O'zi birorta xabardormu ekin oyo?
3-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Ko'ngul o'zi g'amining chorasin qila olmas,
- Maning firoq aro holimni ham bila olmas,
- Dame ul oy sari ko'yidin ayrila olmas,
Asos g‘azal bayti
- Man ul taraf bora olmon, ko'ngul kela olmas,
- Maningdek ul dog'i bemormu ekin oyo?
4-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Sahar chog'ida kelib kulbam aylabon maskan,
- Yetib chu uyqug'a mayl etti ul mahi purfan,
- Borib ayoqi uchig'a man asiri mihan
Asos g‘azal bayti
- Ko'zim tobonig'akim shomi vasl surtarman,
- Uyubmu erkinu bedormu ekin oyo?
5-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Yuz uzra zulfini to ochti nomusulmonim,
- O't ichra tushtiyu kuydi dili parishonim,
- Jahonni yoqsa, ne tong, emdi o'tlug' afg'onim,
Asos g‘azal bayti
- Kamandi zulfiki ochilg'ach uchti imonim,
- Rasanmu rishtayi zunnormu ekan oyo?
6-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Xumor shiddatidin ko'nglum o'ldi beozarm,
- Na zuhd emdi muloyim manga, na taqvoyi narm,
- Ki menda qolmadi aslo hayou nangu sharm,
Asos g‘azal bayti
- Chu xirqa bodag'a rahn qilmisham sargarm,
- Garovg'a navbati dastormu ekin oyo?
7-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Maning bu pandim eshit, Ogahiy, esang odam,
- Fano yo'lida vujuding yukini ayla adam,
- Yetarga manzili maqsadg'a sa'y qil san ham,
Asos g‘azal bayti
- Navoiy o'zlukidan kechti, dag'i qo'ydi qadam,
- Bu yo'lda emdi sabukbormu ekin oyo?