Muxammaslar
MUNIS G'AZALIGA MUXAMMAS (58)
Munis Xorazmiy g‘azaliga taxmis · Husn va jamol ta'rifi · 11 band
Mutaxassis tasdiqlaganMuxammaslar bo‘limi, 417-418-betlar
O‘qish taraqqiyoti0%
0 / 11 band
Misra ustiga bosing — izoh ochiladi
1-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Bo'ldi kamol husni ila to oshkoro orazing,
- Berdi quyoshdek nur ila olamg'a oro orazing,
- Ne til bila vasf aylayin man zori shaydo orazing,
Asos g‘azal bayti
- Husn avjining xurshididur ey mohsiymo orazing,
- Bilkim, latofat ichradur ondin ham a'lo orazing.
2-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Tokim niqobing abridin mexri ruxing qildi ayon,
- Ayshi nashot anvoridin sar to qadam to'ldi jahon,
- Farrux jamoling bir tun ofoq aro ko'rgan zamon,
Asos g‘azal bayti
- Kun zohir aylab infiol o'ldi shafaq ichra nihon,
- Subhi saodatdin tulu' etgach musaffo orazing.
3-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Ko'rmakka zebo surating olam eli rag'bat qilur,
- Ko'yung sori yuz shavq ila subh-u maso surat qilur,
- Qaddu yuzungni nogahon nazora bir navbat qilur,
Asos g‘azal bayti
- Sarv uzra ochilmish guli ahmar debon hayrat qilur,
- Ko'rgon kishi qading uzra bu nav' zebo orazing.
4-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Xattingni o'tlug' yuz uza oshufta ko'nglum ko'rgali,
- Har lahza rashk o'ti aro solur o'zin kuydurgoli,
- Balkim tilar bu vajh ila har dam o'zin o'lturgali,
Asos g‘azal bayti
- Husnu latofat ramzini ishq ahlig'a bildurgali,
- Gulgun sahifa ustida xat qildi paydo orazing.
5-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Shaydo ko'ngul turmay o'zin ko'yung aro cheksa, ne tong,
- Ishqing balou dardini qilmoy ayo cheksa, ne tong,
- Istab yuzung faryodlar subh-u maso cheksa, ne tong,
Asos g‘azal bayti
- Ko'nglum qushi bulbul kibi tinmay navo cheksa, ne tong,
- Kim oni bu nav' aylamish xushlahn go'yo orazing.
6-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- To tushdi husningdin bari olam aro ovozakim,
- El bo'ldi ishqing tig'idin maqtul beandozakim,
- Qilma vafo tarkin bo'lub mag'ruri husnu tozakim,
Asos g‘azal bayti
- Ishqingdin o'lganlarga ber, jono, hayoti tozakim,
- La'lingdin etmish chashmayi hayvon huvaydo orazing.
7-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Kelsa manga g'am shomining zulmoti o'tru ne ajab?
- Oqsa hamul zulmat aro ko'zdin qaro su ne ajab?
- Navmidlik g'olib bo'lub ham bossa qayg'u ne ajab?
Asos g‘azal bayti
- Bo'lsa ko'zumga yog'du kun tundek qaro, ne ajab —
- Kim, zulfi shabrang ostida uqbo mayinshin ixfo orazing.
8-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Chohi zanaxdonu banogo'shi munavvarlar bila,
- Nozik dahonu jonfizo nutqi mukarrarlar bila,
- Dilkash xatu shirin labu zulfi muattarlar bila,
Asos g‘azal bayti
- Shahlo ko'z-u mushkin qosh-u xoli muanbarlar bila,
- Ziynatlig' etmishdur base Tangri taolo orazing.
9-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Solding kamandi zulf agar aylab tahakkum bo'ynuma,
- Ammo ilik solding qilib zohir tarahhum bo'ynuma,
- Og'zing yeturding ham debon pinhon takallum bo'ynuma,
Asos g‘azal bayti
- Tushmu ekondur yo xayol aylab tabassum bo'ynuma —
- Qo'l soldingu qo'yding yuzum uzra diloro orazing.
10-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Avji sabohatda yuzung keldi saodat axtari,
- Durji latofatda yuzung borur nazokat gavhari,
- Ko'rgach jamolingni bo'lubman tabla hushimdin bari,
Asos g‘azal bayti
- Sabr-u qaroru toqatim bordi ko'nguldin, ey pari,
- Vasling aro bir dam ko'zum qilg'och tamosho orazing.
11-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Bo'lmoq tilar Ogahiy mafluju alkan munising,
- Lekin bo'la olmas anga mone' tushub san munising,
- Ber ruxsat emdi bo'lg'ali ey yori purfan, munising,
Asos g‘azal bayti
- Iqboli feruzing kibi bo'lmoq tilarman Munising,
- Yoshurma Haq haqqi uchun, ey sho'xi yakto, orazing.