Asosiy mazmunga o‘tish
OGAHIY
Muxammaslar

OGAHIY MUXAMMASI (59)

Asos g‘azal aniqlanmagan · Ishq, hijron va firoq · 9 band

Mutaxassis tasdiqlaganMuxammaslar bo‘limi, 418-420-betlar
O‘qish taraqqiyoti0%

0 / 9 band

Misra ustiga bosing — izoh ochiladi

1-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Toki guli jamolingiz bulbuli beqarorimiz,
  2. Furqatingizda beadad dard-u alam duchorimiz,
  3. Jon-u ko'ngulni ayladi shu'layi oh-u zorimiz,
  4. Bizga tarahhum aylang, ey dilbari guluzorimiz,
  5. Ishqingiz o'ti sarbasar yoqti tani nizorimiz.
2-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Boshimiz uzra xayli g'am haddu shumorasiz yetib,
  2. Yetti chiqarg'a jonimiz, aqlu qarorimiz ketib,
  3. Aytingiz, ushbu dardg'a sabr eta olg'omiz netib,
  4. Bazmingiz ichra o'zgalar jomi tarabni no'sh etib,
  5. Biz g'ami hajringiz aro vasl mayi xumorimiz.
3-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Ahdu vafo ko'b aylabon qildingiz ixtilofi ahd,
  2. Muncha ham o'lg'usimudur kimsaga inhirofi ahd,
  3. Bizga bo'lurg'a urdingiz yoru anis lofi ahd,
  4. Sizdin umidimiz bumu erdi qilib xilofi ahd,
  5. Dard-u alamni qildingiz bizning anisi yorimiz.
4-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Ko'rguzub iltifot ila lutf-u atoyi beshumor,
  2. Har so'zingizda aylabon necha zarofat oshkor,
  3. Toki kelurga va'dalar qildingiz, ey suman uzor,
  4. Xoki qudumingiz tilab shavq ila tortar intizor,
  5. Yo'lingiz uzra suv sepib didayi ashkborimiz.
5-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Emdi vafo agar hamul va'dag'a aylabon ayon,
  2. Lutf samandini surub bu qulingiz sori ravon,
  3. Azm aro ko'rguzub shitob o'ylaki mehri osmon,
  4. Bo'lsangiz aylabon karam kulbamiz ichra mehmon,
  5. Maqdamingizg'a bo'lg'usi javhari jon nisorimiz.
6-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. O'pmog'u quchmoq istabon oshiqi bebadilingiz,
  2. Yo'lg'a boqib bo'lubdurur xok sifat zalilingiz,
  3. Kelgali biz sori qachon rahm bo'lur dalilingiz,
  4. Zarra misol og'zingiz birla ingichka belingiz,
  5. Fikru xayoli mun'adam ayladi yo'qu borimiz.
7-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Siz kibi ahli husn aro gar yo'q erur pari najod,
  2. Biz dog'i ahli ishqdin mehr-u vafodamiz ziyod,
  3. Yaxshidur ichsak ikkimiz hamdam o'lub mayi murod,
  4. Oshiqingizmiz, aylangiz bazmingiz ichra bizni shod
  5. Kim, shabu ro'z vaslingiz jomi umidvorimiz.
8-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Ishq elining qatorida bizni ham aylabon hisob,
  2. Mehr kibi uzoringiz ustidin olibon niqob,
  3. Ravshan etarga kulbamiz lutf ila ko'rguzung shitob,
  4. Do'stingizmiz, etmangiz suhbatimizdin ijtinob,
  5. Chunki muhabbat ahlining sohibi e'tiborimiz.
9-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Masnadi husn uzra siz chunki shahi falakjanob,
  2. Lutf ila qilsangiz kerak shoh-u gadoni komyob,
  3. Muncha na erdi Ogahiy sha'nida qahr ila itob,
  4. Zulmingiz etti ko'nglimiz mulkini sarbasar xarob,
  5. Garchi zamona ahlining shohi Jam iqtidorimiz.