Asosiy mazmunga o‘tish
OGAHIY
Muxammaslar

FERUZ G'AZALIGA MUXAMMAS (60)

Feruz g‘azaliga taxmis · Bahor, gul va bulbul · 7 band

Mutaxassis tasdiqlaganMuxammaslar bo‘limi, 420-421-betlar
O‘qish taraqqiyoti0%

0 / 7 band

Misra ustiga bosing — izoh ochiladi

1-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Garchi ko'b kunlar ul oy lutfin mango oz ayladi,
  2. Barqi ohimni jafo birla falaktoz ayladi,
  3. Lek o'zin oxir manga lutf ila hamroz ayladi,
Asos g‘azal bayti
  1. Dilbarim bukun vafou mehr og'oz ayladi,
  2. Dilrabolig' rasmu qonunin yana soz ayladi.
2-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Yuzdin olib burqa'in yuz g'amzai tannoz ila,
  2. Yorutub olamni ruxsori safo pardoz ila,
  3. Yuz qo'yub kulbamg'a necha mahrami damsoz ila,
Asos g‘azal bayti
  1. Keldiyu o'lturdi yonimda adou noz ila,
  2. Barcha ushshoq ichra man zorin sarafroz ayladi.
3-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Ikki mushkin qoshin aylab jilvagar andoqki nun,
  2. Ikki la'lini qilib may tobidin unnobgun,
  3. Kulbam ichra muddate qildi Masihoso sukun,
Asos g‘azal bayti
  1. Ko'rguzub diljo'ylig'lar haddu imkondin fuzun,
  2. Dardima jonbaxsh nutqin chorapardoz ayladi.
4-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Lutf ila ilgim tutub, ul dilbari Iso nishon,
  2. O'zga yanglig' iltifot izhor aylab har zamon,
  3. Notavon jismimga bermakka hayoti jovidon,
Asos g‘azal bayti
  1. La'li ruhafzosidin aylab takallumlar ayon,
  2. Holim istifsor etib, el ichra mumtoz ayladi.
5-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Husn aro ul hurni, dema, parilar naslidek,
  2. Kim bo'lo olmos parilar nasli havro aslidek,
  3. Jannat ermastur oning fayz ichra bog'i vaslidek,
Asos g‘azal bayti
  1. Onsiz erdi tiyra ayyomim zimiston faslidek,
  2. Keldiyu husni bahoridin qishim yoz ayladi.
6-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Ul parikim, domi savdodur muanbar kokuli,
  2. Keldi mushkin sochi bo'stoni latofat sunbuli,
  3. Husni behamtoyi gulzori sabohatning guli,
Asos g‘azal bayti
  1. Chun guli husnin tamosho qildi ko'nglum bulbuli,
  2. Sayrabon bahjat havosi sori parvoz ayladi.
7-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Ogahiy qoshida chun ul sho'xi ra'no o'lturub,
  2. Yuz tuman lutf-u adolar birla ahvolin so'rub,
  3. Dedi: arz et, ne esa koming adab birla turub,
Asos g‘azal bayti
  1. Man dedim: Feruzg'a rahm et niyozini ko'rub,
  2. Ul tabassum shakkaromiz aylabon noz ayladi.