Muxammaslar
FERUZ G'AZALIGA MUXAMMAS (61)
Feruz g‘azaliga taxmis · Ishq, hijron va firoq · 11 band
Mutaxassis tasdiqlaganMuxammaslar bo‘limi, 421-422-betlar
O‘qish taraqqiyoti0%
0 / 11 band
Misra ustiga bosing — izoh ochiladi
1-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Chekib hijron aro oh-u fig'on ohista-ohista,
- Yetar erdim o'larga har zamon ohista-ohista,
- Bilib bu holim, aylab imtihon ohista-ohista,
Asos g‘azal bayti
- Manga rahm aylab ul shirin zabon ohista-ohista,
- Yetushti boshim uzra nogahon ohista-ohista.
2-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Bo'lub hijron tunida qayg'u zindoni mango maskan,
- Yig'idin tiyra bo'lmish erdi chashmim beshaku bezan,
- Bu holimg'a tarahhum ko'rguzub ul sho'xi siymintan,
Asos g‘azal bayti
- Firoqida qarorg'on ko'zlarimni ayladi ravshan,
- Ochib ruxsorayi xurshidson ohista-ohista.
3-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Necha muddat edikim, hajr dardig'a bo'lub duchor,
- Tanim erdi zayifu, ko'nglum afgoru, ko'zum nokor,
- Topa olmay davo olam aro, yuz sa'y etib izhor,
Asos g‘azal bayti
- Edim hijroni dardi shiddatidin o'lgudek bemor,
- Yeturdi vaslidin sihhat ravon ohista-ohista.
4-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Tuman ming shukrkim, o'lmakka yetkanda mane bemor,
- Kelib bolinim uzra ul tabibi shakkarin guftor,
- Takallum boshladi qilmoq uchun holimni istifsor,
Asos g‘azal bayti
- Masiho mo'jizin jonbaxsh lalidin qilib izhor.
- Uluk jismimg'a berdi toza jon ohista-ohista.
5-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Yorutmoqg'a jamoli partividin baytul-ahzonim,
- Ochib keldi yuzini lutf ila xurshidi tobonim,
- Qoshimda o'lturub, aylab kalomin rohati jonim,
Asos g‘azal bayti
- So'rub dildorlig' rasmi bila holi parishonim,
- Qilib oyini dilbarlik ayon ohista-ohista.
6-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Vafou mehr afzun zohir aylab haddu imkondin,
- Sochib durri guhar har so'zlaganda la'li xandondin,
- Ayamay jonfizo shirin so'zin man zor-u hayrondin,
Asos g‘azal bayti
- Dedi: ayo oshiqi zorim, maloli dard hijrondin,
- Bo'lubsan asru zor-u notavon ohista-ohista.
7-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Firoqimda necha kun imtihon holingni qilmishman,
- Niyozu ajzingu ixlosu sidqing ko'zga ilmishman,
- Bori ushshoq aro loyiq sani lutfimg'a bilmishman,
Asos g‘azal bayti
- Bu dam vaslim bila koming ravo aylarga kelmishman,
- Maqomingg'a bori eldin nihon ohista-ohista.
8-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Berib jon naqdini istar xaloyiq borho la'lim,
- Birining qilmomishdur bir nafas komin ravo la'lim,
- Vale mahzi karamdin voqif qilmishman sango la'lim,
Asos g‘azal bayti
- Agar istarsan o'pmaklikni inak jonfizo la'lim,
- Va gar quchsang belim inak miyon ohista-ohista.
9-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Zamiring ishq ichra sof ekandur o'ylakim shisha,
- Anga kelturmading yodi ruximdin o'zga andisha,
- G'amim tog'ig'a subh-u shom urub Farhoddek tesha,
Asos g‘azal bayti
- Necha kun dardi hijronim aro sabr aylading pesha,
- Bo'l emdi vaslim ichra shodmon ohista-ohista.
10-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Bu so'zlarni debon chekti mani bo'ynumg'a solib dast,
- Man oning o'trusig'a xam qilib qaddimni bo'ldim past,
- Ul etti og'zima shirin labini shahddek payvast,
Asos g‘azal bayti
- Man ul dam yor la'li bodasi birla bo'lib sarmast.
- Firoqi ranjidin topdim amon ohista-ohista.
11-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- To'kub hijronda yillar Ogahiy ashkini su yanglig',
- Visol iqlimi sori gom urub chobuk bug'u yanglig',
- Yetushti masnadi kom uzra shohi komjo' yanglig',
Asos g‘azal bayti
- Kishi gar sodiq ersa ishq aro vasl ichra bu yanglig',
- Bo'lur Feruz baxt-u komron ohista-ohista.