Asosiy mazmunga o‘tish
OGAHIY
Muxammaslar

OGAHIY MUXAMMASI (62)

Asos g‘azal aniqlanmagan · Bahor, gul va bulbul · 9 band

Mutaxassis tasdiqlaganMuxammaslar bo‘limi, 423-424-betlar
O‘qish taraqqiyoti0%

0 / 9 band

Misra ustiga bosing — izoh ochiladi

1-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Bizki bahori jilvangiz sayri umidvorimiz,
  2. Gulshani dahrg'a nazar aylamak o'ldi orimiz,
  3. O'tdi visolingiz tilab hadidin intizorimiz,
  4. Bog'i bahor aro netong bo'lmasa gar qarorimiz,
  5. Kim sari ko'yunguz erur bog'imizu bahorimiz.
2-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Qomatingizcha sarvlar bog' aro muntasab emas,
  2. Orazingizcha lolalar husn aro muntaxab emas,
  3. Bizga alorsiz, ey pari, gulshan aro tarab emas,
  4. Sarv ila lolag'a nazar aylamasak ajab emas,
  5. Kim qadu chehrangiz erur sarv ila lolazorimiz.
3-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Sizki ziyoda husn aro davlati johingiz erur,
  2. Dahr aro borcha xublar xayli sipohingiz erur,
  3. Ishvau noz gavhari zeb-u kulohingiz erur,
  4. Orazu olingiz uza zulfu siyohingiz erur,
  5. Bog'i murodimiz aro sunbuli mushkborimiz.
4-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Bizki firoq mijmari otashi ichra udimiz,
  2. Chiqg'usi ko'kka ohdin laxta-laxta dudimiz,
  3. Bo'lg'usidur kuyub adam budimizu nabudimiz,
  4. Gulshani ishq aro balo naxli erur vujudimiz,
  5. Ohimiz onda bargimiz, ashkimiz onda borimiz.
5-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Kom ulusg'a berdingiz lab aro bolingiz bila,
  2. Tunlarin etdingiz yoruq mehri jamolingiz bila,
  3. Har kecha bizni qo'ydingiz fikru xayolingiz bila,
  4. Netti yorutsangiz dame subhi visolingiz bila,
  5. Qildi qaro firoqingiz kechasi ro'zgorimiz.
6-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Necha zamonlar o'ldi, ey mehrliqou mohro',
  2. Aylagamiz visolingiz kunduzu kecha justujo',
  3. Bo'ldi mani nahifimiz furqat aro nechukki mo',
  4. Baski ingichka belingiz quchmoqin etduk orzu,
  5. Qolmadi tanda quchg'udek qilcha oni madorimiz.
7-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Ko'nglumiz ichra hajringiz g'ussasi har nafas yetib,
  2. Yetduk o'larga hushimiz goh kelib, gahi ketib,
  3. Rahmu muruvvat aylangiz, bu so'zumizni eshitib,
  4. Kom toparni la'lingiz sharbatidin umid etib,
  5. Har dam og'izg'a yetgusi chiqg'oli joni zorimiz.
8-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Barcha ulus visolingiz subhi tarab shiorida,
  2. Sharbati kom ichib karam sog'ar zarnigorida,
  3. Biz qolibon va lek g'am zulmati shomi torida,
  4. Bodai iltifotingiz nash'asining xumorida,
  5. Yerga yiqildi o'ylakim xok tani hizorimiz.
9-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Husni sariri uzra siz jumla jahon shahi kibi,
  2. Ravshan etorga dahrni avji falak mahi kibi,
  3. Bizmiz ulug' janobingiz bandayi berahi kibi,
  4. Harna jafoki qilsangiz chekkamiz Ogahiy kibi,
  5. Kim onga mone' o'lg'udek yo'qdurur iqtidorimiz.