Muxammaslar
NAVOIY G'AZALIGA MUXAMMAS (63)
Alisher Navoiy g‘azaliga taxmis · Ishq, hijron va firoq · 7 band
Mutaxassis tasdiqlaganMuxammaslar bo‘limi, 424-425-betlar
O‘qish taraqqiyoti0%
0 / 7 band
Misra ustiga bosing — izoh ochiladi
1-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Ul ko'z-u qoshi qora yo'q, bo'lmasa bo'lmasun, netay?!
- Bo'sa bila kanora yo'q, bo'lmasa bo'lmasun netay?!
- Bo'lsa dog'i dubora yo'q, bo'lmasa bo'lmasun, netay?!
Asos g‘azal bayti
- Gar alamimg'a chora yo'q, bo'lmasa bo'lmasun, netay?!
- V-ar g'amima shumora yo'q, bo'lmasa bo'lmasun, netay?!
2-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Tig'i firoqi dam-badam boshim ayursa naylayin,
- Nishi jafosi har nafas bag'rima kirsa naylayin,
- Oh-u fig'onim o'tg'a bu dahrni bersa naylayin,
Asos g‘azal bayti
- Ranjima yo'qturur adad, xost bu ersa naylayin,
- Dardima gar kanora yo'q, bo'lmasa bo'lmasun, netay?!
3-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Xolima boqmayin hamul husn saririning shahi,
- Bo'lg'usi o'zga xalqning hamnafasiyu hamrahi,
- G'amdin etar ko'ngullarin bazmi visol ila tahi,
Asos g‘azal bayti
- Yordin elga komlar, buki maning sori gahi
- Ko'z uchidin nazora yo'q, bo'lmasa bo'lmasun, netay?!
4-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Jon-u ko'ngulni qilmisham yor xayolig'a fido,
- Aql-u xiraddin o'lmisham hajr g'ami aro judo,
- Vaslini justujo' qilib olam aro mani gado,
Asos g‘azal bayti
- Jam' emas ersa xotirim jam o'lurig'a, zohido,
- Hojati istixora yo'q, bo'lmasa bo'lmasun, netay?!
5-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Har necha tang-u tiyradur hajr tunida maskaning,
- Sabr qil, ey hazin ko'ngul, boricha quvvating saning,
- Sham' kibi na sud etar oh-u fig'on-u shevaning,
Asos g‘azal bayti
- Mash'ali vasli ila ulus shomi munavvar, maning
- Baxtima bir sharora yo'q, bo'lmasa bo'lmasun, netay?!
6-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Ul shahi husnkim, aning elga yetar kifoyati,
- Mehr-u vafo-u lutfining o'zgaga yo'q nihoyati,
- Lek mani gadog'a yo'q garchi dame inoyati,
Asos g‘azal bayti
- Qismi azalg'a shodman, buki falak rioyati,
- Holima oshkora yo'q, bo'lmasa bo'lmasun, netay?!
7-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Hajr aro Ogahiy kibi zahri alamni ko'b edi,
- Ushbu sabab bila mudom ojiz-u xastadil edi,
- Dardig'a topmayin davo, behadu g'oyat injidi,
Asos g‘azal bayti
- Dedim: erur Navoiy o'z dardig'a chorasiz! Dedi:
- Gar alamimg'a chora yo'q, bo'lmasa bo'lmasun, netay?!