Asosiy mazmunga o‘tish
OGAHIY
Muxammaslar

VAZIR G'AZALIGA MUXAMMAS (64)

Vazir g‘azaliga taxmis · Husn va jamol ta'rifi · 7 band

Mutaxassis tasdiqlaganMuxammaslar bo‘limi, 425-426-betlar
O‘qish taraqqiyoti0%

0 / 7 band

Misra ustiga bosing — izoh ochiladi

1-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Aqlim ayladi shaydo qomati xiromonlar,
  2. Tab'im uyima yag'mo soldi chashmi fattonlar,
  3. Sabrim etdi nopaydo orazi duraxshonlar,
Asos g‘azal bayti
  1. Soldi boshima savdo zulfi anbarafshonlar,
  2. Qildi ko'nglum oshufta turrasi parishonlar.
2-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Boshima jafo tig'in lahza-lahza soldilar,
  2. Qonima ming ushbu olam ichra qoldilar,
  3. Dahr aro bori mundin kufr ila otoldilar,
Asos g‘azal bayti
  1. Naqdi din islomim bir boqishda oldilar,
  2. Surmali ko'zi kofir chehrayi mohi tobonlar.
3-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Bo'ldum ul parivashning toki zor-u shaydosi,
  2. Sabr uyin xarob etdi oh-u nola yag'mosi,
  3. Ortibon boshim uzra g'am hujumi yag'mosi,
Asos g‘azal bayti
  1. Hajr shomi ko'nglumda xol-u zulfi savdosi,
  2. Shodlig' kanor ista keldi yaxshi mehmonlar.
4-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Bir nafas raqibining suhbatidin oyrilmas,
  2. Yod etib mani hargiz kulbama dame kelmas,
  3. Desangiz mango nechuk ko'ziga sani ilmas,
Asos g‘azal bayti
  1. Ul go'zal tag'ofuldin holima nazar qilmas,
  2. Bo'ldi sel ashkimdin olam ichra to'fonlar.
5-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Bu zamonda olamdin bordi aysh ila ishrat,
  2. Sarbasar jahon ichra to'ldi g'am bila mehnat,
  3. Yorlar nechuk tutsun bir-biri bila suhbat,
Asos g‘azal bayti
  1. Chekkali mayi ishrat bermadi dame fursat,
  2. Ketdi roygon eldin hayf yaxshi davronlar.
6-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Boqmog'um quyosh sori mahvashim jamolisiz,
  2. Yongi oyg'a ko'z solman qoshining hilolisiz,
  3. Sarv sori mayl etmon qomati niholisiz,
Asos g‘azal bayti
  1. Sayri gulshanu gulni naylayin visolisiz,
  2. Do'zaxu saqardur yorsiz gulistonlar.
7-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Toki mindi ul zolim xo'yluq saririg'a,
  2. Solmadi Xudo hargiz rahmni zamirig'a,
  3. Qilmasa karam, tong yo'q, Ogahiy faqirig'a,
Asos g‘azal bayti
  1. Husni kishvari shohi boqmadi Vazirig'a,
  2. G'ussalar yutub emdi o'lgum, ey musulmonlar.