Asosiy mazmunga o‘tish
OGAHIY
Muxammaslar

Fuzuliy g‘azaliga muxammas (9)

Muhammad Fuzuliy g‘azaliga taxmis · Fano va dunyoning o‘tkinchiligi · 7 band

Mutaxassis tasdiqlaganMuxammaslar bo‘limi, 347–452-betlar
O‘qish taraqqiyoti0%

0 / 7 band

Misra ustiga bosing — izoh ochiladi

1-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Jahon mulkikim ul, bir turfat ul-ayn ichra barhamdur,
  2. Jafo nishi bila mamlu vale noyob marhamdur,
  3. Surudi ishratida navhau anduh mudg‘amdur,
Asos g‘azal bayti
  1. Bu olamkim ko‘ngul qaydin chekarsan — mehnatu g‘amdur,
  2. Fano sarmanzilin sayr aylakim — bir xushcha olamdur.
2-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Qilib vahm inbisotu ayshdin ayrilma o‘lmakdin,
  2. Dilu joningni kulfat tig‘i birla dilma o‘lmakdin,
  3. G‘aribu, xoksoru bekas o‘lmoq bilma o‘lmakdin,
Asos g‘azal bayti
  1. Angub tanholiqi qabr ichra nafrat qilma o‘lmakdin,
  2. Tariqi uns dutkim, har ovuch tufroq bir odamdur.
3-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Asosi qasrniki marmar va yo fo‘lodkim qilsang,
  2. Sutuni koxingi ar-ar va yo shamshodkim qilsang,
  3. Xarob o‘lg‘usidur oxir necha obodkim qilsang,
Asos g‘azal bayti
  1. Dagil mahkam jahon mulkida har bunyodkim qilsang,
  2. Fano mulkida dut manzil, ki ul bunyod mahkamdur.
4-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Tuzub Haq hikmat ila dahr gulzori musaffosin,
  2. Bezabdur ahli dil tufrog‘idin sahni dilorosin,
  3. Qadam gustox qo‘yma, istabon qilmoq tamoshosin,
Asos g‘azal bayti
  1. Bahor ayyomi kirsang lolazora xoki ajzosin,
  2. Muhaqqar ko‘rmakim, har zarrasi bir jom ila Jamdur.
5-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Chekarga ishq nuqsidur, sabab anduh-u furqatda,
  2. Yetur ishqing kamola, qo‘yma o‘zni ranju mehnatda,
  3. Valekin tut quloq, aytay sanga bu sirni xilvatda,
Asos g‘azal bayti
  1. Kamoli ishqi inson mavt ilandur rohi hikmatda,
  2. Bali majro qilon hukming misolin naqshi xotamdur.
6-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Fano kayfiyati ujbu riyodan qurtorur nafsi,
  2. Dema ujbu riyo, ranju anodin qurtorur nafsi,
  3. Ne ranju, ne ano, turluk balodin qurtorur nafsi,
Asos g‘azal bayti
  1. Ajal oloyishi xavfu xatodin qurtorur nafsi,
  2. Bu javhar kimyoyi davlata iksiri a’zamdur.
7-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Jahon ahli na bilsun, Ogahiy, mehr-u vafo qadrin,
  2. Bilurmu shabparaklar shom aro nur-u ziyo qadrin,
  3. Ne tong gar bilmasa bedardlar zavq-u davo qadrin,
Asos g‘azal bayti
  1. Asiri nafsdur ahli jahon bilmaz fano qadrin,
  2. Fuzuliy, ishq atvori sango anjaq musallamdur.