Asosiy mazmunga o‘tish
OGAHIY
Muxammaslar

Navoiy g‘azaliga muxammas (10)

Alisher Navoiy g‘azaliga taxmis · Falak jabri va inson ojizligi · 9 band

Mutaxassis tasdiqlaganMuxammaslar bo‘limi, 347–452-betlar
O‘qish taraqqiyoti0%

0 / 9 band

Misra ustiga bosing — izoh ochiladi

1-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Ey ko‘ngul, bo‘lsang agar hush-u xiraddan bahrayob,
  2. Charxdin ko‘z tutma, bo‘lmoq dahr aro izzatmaob,
  3. Nogahon aylay sango bir mehr qilmoq irtikob,
Asos g‘azal bayti
  1. Sonchsa anjumdin falak boshingg‘a yuz ming durri nob,
  2. Jolayi g‘am, bilki yog‘durg‘ay bir ofatlig‘ sahob.
2-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Yo‘q hadaf bu jolag‘a ahli jahondin o‘zgakim,
  2. Yetgach-o‘q majruh qilmas jismu jondin o‘zgakim,
  3. Yog‘moqidin sud yo‘q elga ziyondin o‘zgakim,
Asos g‘azal bayti
  1. Ne g‘araz bu jolani yog‘dursa ondin o‘zgakim,
  2. Umr naxlin sindurub, tan gulbunin qilg‘oy xarob.
3-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Olam ichra hech bir maxluq qudratkeshemas,
  2. Bir nafas sayri sukunda ixtiyorandesh emas,
  3. Bu kalomimni eshitkil, gar quloqing resh emas,
Asos g‘azal bayti
  1. Ofarinish bahridin gardun hubobe besh emas,
  2. Bormu imkon kimsaga bir qatra suv bermak hubob.
4-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Mumkin ermas elga bir mushkul ochilg‘oy charxdin,
  2. Hikmat ahli bu tama’ behuda qilg‘oy charxdin,
  3. Tangri taqdiridurur har neki kelgay charxdin,
Asos g‘azal bayti
  1. Ro‘zi ortuq bo‘lmoqin har kimki bilgay charxdin,
  2. Zol yanglig‘ durki Roziq charxini qilg‘oy xitob.
5-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Garchi gardundur base zi shavkatu, rif’at mador,
  2. Hukmi Haq ollidadur, lekin zayifu xor-u zor,
  3. Harna sodir bo‘lsa, ondin yo‘qtur onda ixtiyor,
Asos g‘azal bayti
  1. Bo‘lsa erdi qudratikim, lahzayi tutqay karor,
  2. Tun-u kun tinmay bu nav’ yetkaymu erdi iztirob.
6-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Har dam ustiga hujum aylab oning yuz ming mihan,
  2. Bori g‘am tortordin o‘lmishdur ongo ojiz badan,
  3. Qilg‘ali orom bir yerda tuta olmas vatan,
Asos g‘azal bayti
  1. Ul dog‘i o‘z holig‘a hayron erur andoqki man,
  2. Onda ham sargashtalik andoqki manda pechu tob.
7-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Istabon matlubini tortib mihan haddin fuzun,
  2. Xayli furqat sangboroni qadin qilmish nigun,
  3. G‘am lakadko‘bidin o‘lmish man kibi zor-u zabun,
Asos g‘azal bayti
  1. Jismi oning ham havodis zarbasidin nilgun,
  2. Topmayin maqsudini mandek necha aylab shitob.
8-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Ul qilib qulluqda qaddini nigun andoqki man,
  2. Beiroda aylamas sayru sukun andoqki man,
  3. Xizmat amrida kilur sa’yin fuzun andoqki man,
Asos g‘azal bayti
  1. Qudrat ilkida bo‘lub ul ham zabun andoqki man,
  2. Olmay ul mandin hisob, andoqki man ondin hisob.
9-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Istasang ozodalig‘ kasbida beandoza sud,
  2. Xotiringni qilmag‘il hargiz giriftori quyud,
  3. Ogahiydek tark aylab harnakim budu nabud,
Asos g‘azal bayti
  1. Ey Navoiy, solik ersang Haq vujudin bil vujud,
  2. Mosivallohni adam Vallohu a’lam bissavob.