Asosiy mazmunga o‘tish
OGAHIY
Muxammaslar

NAVOIY G'AZALIGA MUXAMMAS (11)

Alisher Navoiy g‘azaliga taxmis · Dunyoning bevafoligi va nasihat · 9 band

Mutaxassis tasdiqlaganMuxammaslar bo‘limi, 360-361-betlar
O‘qish taraqqiyoti0%

0 / 9 band

Misra ustiga bosing — izoh ochiladi

1-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Kishi zuhd-u ibodatda agar Zunnuni davrondur,
  2. Vagar aqlu farosatda jahon ahlig'a Luqmondur,
  3. Va yo joh-u jalolatda bari olamg'a sultondur,
Asos g‘azal bayti
  1. Sipehr osebidin solim qutulmoqliq na imkondur,
  2. Ki mehri tashtu tig'i kulgusi barqi duraxshondur.
2-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Aning bu mehri har kun borcha dahr ahlig'adur shomil,
  2. Bu kulgusi dag'i jumla xaloyiq sha'nida komil,
  3. Bu mehr-u bo'yla kulguni ko'rub oldonmag'ay oqil,
Asos g‘azal bayti
  1. Muningdek mehr ko'rgach, shod o'lub kulgan zihi g'ofil,
  2. Bu yanglig' kulgu sori mehr solg'on asru nodondur.
3-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Bu mehr ehroqidin doim shajarlar murtayish a'zo,
  2. Bu kulgu haybatidin muztarib yer jismi sar topo,
  3. Ochib ibrat ko'zin qilg'il tamosho gar esang biyno,
Asos g‘azal bayti
  1. Tengiz ko'nglida andoq mehrdin yuz shu'ladur paydo,
  2. Qiyo bag'rida mundoq kulgudin ming dashna pinhondur.
4-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Agar shahlar sipah cheksun jahon mulki aro hadsiz,
  2. Vagar darvishlar qilsun duo egniga solib kiz,
  3. Jafosi daf'in oning aylamak mumkin emas hargiz,
Asos g‘azal bayti
  1. Hijoridin qiyodur onga yuz ming tig' ila ojiz,
  2. Hubobidin tengiz yuz ming ko'z ila anga hayrondur.
5-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Etak chirmab, bo'lub qadxam urar har lahza po'yu tak,
  2. Xaloyiq tanlaridin jonlarin to aylagay munfak,
  3. Nazar qil ko'z bila gar ko'nglunga kelsa bu so'zda shak,
Asos g‘azal bayti
  1. Chekib qavsu quzahdin yo ko'ngullar qasdig'a inak,
  2. Yog'in maddi xadangu qatra suvlar onda paykondur.
6-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Bu yodin qasd qildi jonig'a kazzobu sodiqning,
  2. Bu o'qdin zaxm urdi jismig'a ma'shuqu oshiqning,
  3. Bu yoyu o'q o'ldi bu ofati adnou foyiqning,
Asos g‘azal bayti
  1. Bu yo birla aningdek o'qni yog'durg'och xaloyiqning,
  2. Hayoti qasrig'a har sori solmoq raxna osondur.
7-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Kishikim hukmron o'lsun jahon ahlig'a har kunkim,
  2. Tarab jomini no'sh etsun ko'ngul komicha har tunkim,
  3. Bu yanglig' umr sursun necha yil, yo'q sud, nevchunkim,
Asos g‘azal bayti
  1. Hayot ichra baqo chun mumkin ermas, Nuh bo'lsunkim,
  2. O'lar holatda tug'may o'lgan o'g'li birla yaksondur.
8-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Agar ko'nglungg'a kom ersa tuganmas aysh ila ishrat,
  2. Bu bazm ichra fano jomi bila ich bodayi vahdat,
  3. Tilab obi baqo behuda chekma ranj ila mehnat,
Asos g‘azal bayti
  1. Baqo sarchashmasi zulmatda derlar, yo'qki ul zulmat,
  2. Skandar ohi o'tidin yig'ilg'on dudi xirmondur.
9-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Bu foniy dayr aro har kimda bo'lsa nash'ayi ma'ni,
  2. Ango yetkay damo-dam charxi zolim zarb ila ta'ni,
  3. Bas emdi, Ogahiydek axtarib osuda marja'ni,
Asos g‘azal bayti
  1. Navoiy, o'rtabon o'zluk qadam bu yo'lg'a qo'y, ya'ni
  2. Ki har hamrohkim bo'lgay tajarrud mone'i yondur.