Asosiy mazmunga o‘tish
OGAHIY
Muxammaslar

NAVOIY G'AZALIGA MUXAMMAS (12)

Alisher Navoiy g‘azaliga taxmis · Dunyoning bevafoligi va nasihat · 7 band

Mutaxassis tasdiqlaganMuxammaslar bo‘limi, 361-362-betlar
O‘qish taraqqiyoti0%

0 / 7 band

Misra ustiga bosing — izoh ochiladi

1-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. To bino topti bu ko'hna gunbazi nili ravoq,
  2. Ostida dard ahlidur amnu farog'atdin yiroq,
  3. Ey ko'ngul, gar dardmand ersang bu so'zga tut quloq,
Asos g‘azal bayti
  1. Charx dard ahlig'a har dam yog'dirur gardi firoq,
  2. O't ravonroqkim xatarlikdur base bu eski toq.
2-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Olam ahli ko'rgusi ming zulm gardun zolidin,
  2. Emin ermastur dame bir kimsa makr-u olidin,
  3. Aytayin bir so'z, eshit ul shumning timsolidin,
Asos g‘azal bayti
  1. Ajdaredur halqa urg'on pesa kavkab xolidin,
  2. Juz ajal zahrini kom ondin topa olmas mazoq.
3-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Saqfi gardunkim hubohoso kelibdur vojgun,
  2. Ne binosig'a daru devor bordur, ne sutun,
  3. Istagay aql ahli ne nav' anda orom-u sukun,
Asos g‘azal bayti
  1. Charx bir uydur, ishi bo'lmoq oning har dam nigun,
  2. Tushmagan yaxshi iqomat mundoq uyda ittifoq.
4-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Suv uza tushkan binoye fahm qil ko'k gunbazin,
  2. Sarsari ofatdin vayron degil ko'k gunbazin,
  3. Ko'z yumub to ochqucha barbod bil ko'k gunbazin,
Asos g‘azal bayti
  1. Sun' bahridin hubobe anglag'il ko'k gunbazin,
  2. Siymgun gunbaz, deb o'lmas aylamak oni visoq.
5-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Charx uzra qo'chqorini zabh etsa qurboning uchun,
  2. Ne'mati alvon muhayyo aylasa xoning uchun,
  3. Shodlig' ko'rguzma hushing bor esa oning uchun,
Asos g‘azal bayti
  1. Hazm etar fikrin ham etkil farz etay noning uchun,
  2. Qildi charx anjumni dona, oy-u kunni — yorg'uchoq.
6-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Dahr zolikim o'ziga doimo ziynat berur,
  2. Kimga juft o'lsa, boshig'a yuz balolar kelturur,
  3. Yetti do'zax mehnatin olti jihatdin yetkurur,
Asos g‘azal bayti
  1. Istasang besh kun farog'at garchi kobin umr erur,
  2. Dahr zolin to'rt mazhab birla qilg'il uch taloq.
7-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Ahli dunyokim angodur bevafolig' sori yo'l,
  2. Jahd ila urmish nifoqu kina shamshirig'a qo'l,
  3. Bas, uzub ahli jahondin Ogahiy yanglig' ko'ngul,
Asos g‘azal bayti
  1. El nifoqin ko'rmayin desang, Navoiy, foni o'l,
  2. Chunki san chiqsang arodin, kimga qilg'oylar nifoq?!