Asosiy mazmunga o‘tish
OGAHIY
Muxammaslar

NAVOIY G'AZALIGA MUXAMMAS (13)

Alisher Navoiy g‘azaliga taxmis · Dunyoning bevafoligi va nasihat · 11 band

Mutaxassis tasdiqlaganMuxammaslar bo‘limi, 362-364-betlar
O‘qish taraqqiyoti0%

0 / 11 band

Misra ustiga bosing — izoh ochiladi

1-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Eyki boshing afsari xurshidi anvar bo'ldi, tut,
  2. Afsaring bir gavhari bir sa'di akbar bo'ldi, tut,
  3. Ostoning chokari xoqonu qaysar bo'ldi, tut,
Asos g‘azal bayti
  1. Taxtu johing kishvari mulki Skandar bo'ldi, tut,
  2. Xizr umri ham bu mulk uzra muyassar bo'ldi, tut.
2-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Raxshi iqbol uzra aylab arsayi olamni sayr,
  2. Fosh etib adlu karamdin dahr aro osori xayr,
  3. Ayla mulki umr topkim ko'rmasun mislini g'ayr,
Asos g‘azal bayti
  1. Bo'yla mulku umrdin so'ng insu jinu vahshu tayr,
  2. Hukmu amringg'a Sulaymondek musaxxar bo'ldi, tut.
3-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Bo'lsun ollingda salotini jahonoro qulung,
  2. Balki yuz Jamshidu, ming Iskandaru, Doro qulung,
  3. Xayli anjum lashkaring ham toramu a'lo qulung,
Asos g‘azal bayti
  1. Muncha hashmat topg'oningdin so'ngra har adno qulung,
  2. Joh ila muknatda Qoruncha tavongar bo'ldi, tut.
4-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Bog'i umrung g'unchasi behjat nasimidin kulub,
  2. Bazmi ayshing kosasi ishrat sharobidin to'lub,
  3. Borgohing qubbasi ziynatda oy-u kun bo'lub,
Asos g‘azal bayti
  1. Poya etti zinalig' taxtingg'a, yetti charx o'lub,
  2. Taxtpo'shung ziynati tarsi'i axtar bo'ldi tut.
5-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Johi davlat birla topqil dahr aro andoq rivoj,
  2. Kim salotini jahon qulluq qilib bersun xiroj,
  3. Atlasi gardundun o'lsun taxtinga zarrin duvoj,
Asos g‘azal bayti
  1. Bo'yla taxt uzra bo'lub boshing uza xurshidi toj,
  2. Mundoq oltun toj uza Birjisi gavhar bo'ldi, tut.
6-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Aylabon afsun hayoting muddatin Hayyi Jalil,
  2. Bazmgohing ravzayi firdavsdek qilsun jamil,
  3. Anda soqiylar bo'lub hur amsallik bebadil,
Asos g‘azal bayti
  1. Bazmi ayshing bodasin Kavsar deyin yo Salsabil,
  2. Jomi Jam ul jonfizo sahbog'a sog'ar bo'ldi, tut.
7-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Oqibat bilgil fano mulkiga azm etgungdurur,
  2. Yuz nadomat birla tufroq ostiga etgungdurur,
  3. Bas, yig'ib ushbu jahon asbobini netgungdurur,
Asos g‘azal bayti
  1. Har nekim zikr o'ldi, chun oxir qo'yib ketkungdurur,
  2. Tengdurur, bu barchani gar bo'lmadi, gar bo'ldi tut.
8-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Hech kim bu dahrdin kom olmamishdur hech gah,
  2. Bas, qanoat aylagil bo'lsa nasibing har nima,
  3. Ushbu pandimni eshit, ey sohibi iqboli shah,
Asos g‘azal bayti
  1. Umrg'a chun yo'q vafo, Tengri yana bu dahrcha
  2. Necha xalq aylab sanga hukme, muqarrar bo'ldi, tut.
9-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Emdi xushdur manzili maqsad so'rog'in aylasang,
  2. Ixtiyor ashg'oldin ko'ngling firog'in aylasang,
  3. Tavba o'tidin yorug' taqvo charog'in aylasang,
Asos g‘azal bayti
  1. Chun borursen, avlo ulkim, yo'l yarog'in aylasang,
  2. Qolibon aksar gunohing, dog'i aksar bo'ldi, tut.
10-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Nechakim hikmat ulumida agar ersang alim,
  2. Sud qilmas chun erur ra'ying kaju fikring saqim,
  3. Istasang uchmoq kerak azmi qavi, qalbi salim,
Asos g‘azal bayti
  1. Sust himmatlig' bila uchmoq na mumkin, ey hakim,
  2. Hikmat avroqi iki egning uza par bo'ldi, tut.
11-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Deb eding, lutf Ogahiyg'a ko'rguzay vaslim bila,
  2. Hajr kulfatxonasin bilkul buzay vaslim bila,
  3. Dardi ishqimdin buzuq holin tuzay vaslim bila,
Asos g‘azal bayti
  1. O'lsa deb erding, Navoiy, tirguzay vaslim bila
  2. Biltur o'lganlar bila oni barobar bo'ldi, tut.