Muxammaslar
NAVOIY G'AZALIGA MUXAMMAS (14)
Alisher Navoiy g‘azaliga taxmis · Madh va duo · 7 band
Mutaxassis tasdiqlaganMuxammaslar bo‘limi, 364-365-betlar
O‘qish taraqqiyoti0%
0 / 7 band
Misra ustiga bosing — izoh ochiladi
1-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Gar jahon mulki uza o'zni Sulaymon bo'ldi, tut,
- Afsaringg'a la'li xurshidi duraxshon bo'ldi, tut,
- Borgohing qubbasi Birjisi kayvon bo'ldi, tut,
Asos g‘azal bayti
- Qasri johingg'a sipehr avjida ayvon bo'ldi, tut,
- Ham sipehr osibidin er birla yakson bo'ldi, tut.
2-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Yuz parishonlig' chekib jam'iyati davlat uchun,
- Bo'lmag'ung osuda bir dam taqviyi toat uchun,
- Ko'rguzub tun-kun taraddud joh ila muknat uchun,
Asos g‘azal bayti
- La'li rummoniy tilarsen dam-badam ziynat uchun,
- Qatra-qatra og'zing ondin nordek qon bo'ldi, tut.
3-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Beqaror o'lub tun-u kun oshiqi majzubdek,
- Oh tortib lahza-lahza bedili mankubdek,
- Hech tinmay dambadam qon yig'labon Ya'qubdek,
Asos g‘azal bayti
- Istading dunyo arusin tushdagi mahbubdek,
- Topmas ergach kom la'lin pushaymon bo'ldi, tut.
4-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Orzuyi nafs ila o'zni qilib oshuftahol,
- Sarf etib isrof ila siym-u zar-u mol-u manol,
- Kechalar majlis tuzub bo'lmoq uchun ishratsigol,
Asos g‘azal bayti
- Sho'xlar qoshin tilarsen ko'rmak andoqkim hilol,
- Jong'a yetkanda ko'rungach ko'zga pinhon bo'ldi, tut.
5-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Go'shayi dayri mug'on aylab maqar sen changdek,
- Maqsading bo'lmoqdurur ishratasar sen changdek,
- Bu tamannolar bila har dam agar sen changdek,
Asos g‘azal bayti
- Bir mug'anniydin navo topmoq tilarsen changdek,
- Egri qad birla ishing faryod-u afg'on bo'ldi, tut.
6-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Xandayi ishrat sanga g'am barqini choqmoqdurur,
- Fikri davlat bo'ynunga hasrat ifin toqmoqdurur,
- Shug'li muknat bilgil, o'z joningg'a o't yoqmoqdurur,
Asos g‘azal bayti
- Ko'si davlat etti do'zaxg'a eshik qoqmoqdurur,
- Bas yeti iqlim mulki uzra sulton bo'ldi, tut.
7-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Ogahiy, qilma havas joh-u jalolat maskanin,
- Sayr qil jahd aylabon faqru qanoat gulshanin,
- Tark etib dunyo uchun emdi parishonliq fanin,
Asos g‘azal bayti
- Ey Navoiy, o'zni jam' et, yo'qsa olam maxzanin,
- Qon yutub jam' aylabon o'lgach parishon bo'ldi, tut.