Asosiy mazmunga o‘tish
OGAHIY
Muxammaslar

NAVOIY G'AZALIGA MUXAMMAS (15)

Alisher Navoiy g‘azaliga taxmis · Ishq, hijron va firoq · 13 band

Mutaxassis tasdiqlaganMuxammaslar bo‘limi, 365-367-betlar
O‘qish taraqqiyoti0%

0 / 13 band

Misra ustiga bosing — izoh ochiladi

1-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Shahi zarrin kulah chun subhdam tig'i dudam chekti,
  2. Sipohi nur olmoqg'a jahonni yakqalam chekti,
  3. Adam mulkiga zulmat lashkari turmay qadam chekti,
Asos g‘azal bayti
  1. Sahar xovar shahi charx uzrakim xayli hasham chekti,
  2. Shuoi xat bila ko'hsor uza oltun alam chekti.
2-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Ochib shohi kavokib chun saharning rohi madrusin,
  2. Tamosho qilg'ali azm ayladi ko'k toqi minusin,
  3. Xasu xoshoki zulmatdin qilurg'a pok o'trusin,
Asos g‘azal bayti
  1. Qazo farroshi chekti subhning siymin supurgusin,
  2. Muzahhab parlarin andoqki tovusi haram chekti.
3-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Qazo kilki muzayyan qilg'oli ko'k toqi ta'mirin,
  2. Yozar gohi ango "Val-layl", goh "Vash-shams" ta'birin,
  3. Bu dam kun tig'i birla Haq etub "Val-layl" tahririn,
Asos g‘azal bayti
  1. Kitoba sun' kilki surayi "Vash-shams" tafsirin,
  2. Falak toqi havoshisida zarhaldin raqam chekti.
4-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Jahondin tong eli chun har taraf tun dudi surdi,
  2. Quyosh anvorini ofoq aro har sori yetkurdi,
  3. Tilab o'z matlabin har kim fig'onin ko'kdin oshurdi,
Asos g‘azal bayti
  1. Muazzin Ka'ba toqi uzra gulbongi Samad urdi,
  2. Barahman dayr ayvonida ohangi sanam chekti.
5-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Gahi ma'shuqlar ushshoqi ahvolin savol etti,
  2. Gahi ushshoq ma'shuqi qoshida arzi hol etti,
  3. Gahi ahli suxan tadqiq ila arzi maqol etti,
Asos g‘azal bayti
  1. Maoni ahli gohi nukta uzra qilu qol etti,
  2. Mug'anniy xayli gohi nag'ma uzra zer-u bam chekti.
6-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Yutub qonlar shabi hijron g'amidin oshiqi sodiq,
  2. Hayotidin bilib har dam mamotin afzalu foiq,
  3. Anga bu sa'b mehnatlar chekarni ko'rmayin loyiq,
Asos g‘azal bayti
  1. Yaqo chok etti gohi subh ul motamg'akim oshiq,
  2. Bu muhlik shomi hijron ichra yuz xunobi g'am chekti.
7-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Chekib mulk ochmoq istar ersa shohi muhtasham tig'in,
  2. Kerak tez etmasa faqr ahli ohining dudam tig'in,
  3. Yaqindurkim falak chekgusi har kimga alam tig'in,
Asos g‘azal bayti
  1. Zamona kuldi, ul g'ofilg'akim davron sitam tig'in,
  2. Ango urmoqni anglab, o'zgaga tig'i sitam chekti.
8-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Tarab sham'in yorut, jono, ziyosiz ummi anglab,
  2. Ko'ngulni xurram et, nash'u namosiz ummi anglab,
  3. Yurutkil sofi sahboni safosiz ummi anglab,
Asos g‘azal bayti
  1. Xusho ulkim, muningdek chog' vafosiz ummi anglab,
  2. Sabuhi jomni ahbob birla dam-badam chekti.
9-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Qoyu oshiqki, oning dilbari siymin saqoq o'lsa,
  2. Yuzi gul, sochi sunbul, sarv qad, shirin dudoq o'lsa,
  3. Ajab ermasturur sabr-u shikib ondin yiroq o'lsa,
Asos g‘azal bayti
  1. Agar ko'nglida bir gul hajridin xori firoq o'lsa,
  2. Bahona yig'lamoqqa bir necha jomi alam chekti.
10-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Necha yillar chekib hijron aro yuz ming g'am-u mehnat,
  2. Ko'zida yosh, tilida nola, ko'nglida tuman kulfat,
  3. Bu holat ichra nogah yuz qo'yub oning sori davlat,
Asos g‘azal bayti
  1. Agar xud vasl iqboli muyassar bo'lsa bir soat,
  2. Faridun taxti uzra bazm tuzdi, jomi Jam chekti.
11-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Xusho ulkim, nigori ilgidin bir jom bergach dast,
  2. Qadin ta'zim uchun har dam qilib xam ul sifatkim shast,
  3. Solib ko'zni adab birla, tanin tufroqqa aylab past,
Asos g‘azal bayti
  1. Bo'lub matlub ruxsorig'a mahvu jomdin sarmast,
  2. Yuzin tufroqqa qo'ydi, boshini ollig'a xam chekti.
12-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Tutarda jom anga soqiy olib burqa'ni yuzdinkim,
  2. Tomizsa turk oyini bila to'lg'ay tuquzdinkim,
  3. Oqizsa to'ldurub, sog'ar yana sung'ay o'tuzdinkim,
Asos g‘azal bayti
  1. Na davlatdurki, bu holatda andoq bordi o'zdinkim,
  2. Baqo iqlimidin raxtini to mulki adam chekti.
13-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Xusho bazmeki, mayi vahdat ango soqiy habib o'lg'ay,
  2. Nishoti bas ajibu nash'asi behad g'arib o'lg'ay,
  3. Na mumkin, Ogahiy, bu bazmg'a har kim qarib o'lg'ay,
Asos g‘azal bayti
  1. Navoiy, shoyad ul rahravg'a bu davlat nasib o'lg'ay —
  2. Kim, ul dashti fano qat' etkoli yillar qadam chekti.