Asosiy mazmunga o‘tish
OGAHIY
Muxammaslar

ROJIY G'AZALIGA MUXAMMAS (16)

Rojiy g‘azaliga taxmis · Dunyoning bevafoligi va nasihat · 9 band

Mutaxassis tasdiqlaganMuxammaslar bo‘limi, 367-368-betlar
O‘qish taraqqiyoti0%

0 / 9 band

Misra ustiga bosing — izoh ochiladi

1-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Ul sho'xi beparvo minib sarmast yakron ustina,
  2. Lutf-u ado birla kelib ushshoqi hayron ustina,
  3. Shirin takallumlar bila jon bergusi jon ustina,
Asos g‘azal bayti
  1. La'li hayotafzosidur ruxsori jonon ustina,
  2. Yoxud Masih etmishdurur bir mehri raxshon ustina?
2-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Ey hosil etkan ishq aro ogohlig' kayfiyatin,
  2. Qilg'on zamiridin judo g'aflat g'ubori zillatin,
  3. Ko'rmak tamanno aylasang gar Haq taolo qudratin,
Asos g‘azal bayti
  1. Nazzora qilg'il otashin ruxsori birla qomatin,
  2. Gar ko'rmasang gul butkanin sarvi xiromon ustina.
3-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Farxunda ruxsori kelib avji fasohat kavkabi,
  2. Gisui mushkini bo'lub ul nav'kim hijron shabi,
  3. Bordur kamoli husn aro ahli jahonning matlabi,
Asos g‘azal bayti
  1. Ul dilraboning dilkusho xatti bila shirin labi,
  2. Tutqan kibi bordur vatan Xizr obi hayvon ustina.
4-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Ey do'stlar, man xastag'a dildorlig' zohir qiling,
  2. Ya'ni tarahhum ko'rguzub, rasmi iyodatg'a keling,
  3. Jismi nizorimni ko'rub, holi xarobimni biling,
Asos g‘azal bayti
  1. Demang ul oy hijronida ne nav' o'tar oy-u yiling,
  2. Tun-kun chekorman tinmayin afg'onlar afg'on ustina.
5-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Ehson sani qilg'usidur maqbuli tab'i xosu om,
  2. Sandin oni ko'rgach bo'lur bandang jahon ahli tamom,
  3. Emdiki fahm etting muni, ey xisravi oliy maqom,
Asos g‘azal bayti
  1. Ehson et, ammo qilmog'il minnatdin elni talxkom,
  2. Bo'lg'oymu bazl, og'u solib bersa kishi non ustina.
6-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Ming yil agar xurshiddek qil rif'at avjini maqar,
  2. Borcha murodu komdin komingcha bo'lg'il bahravar,
  3. Ammo ajal yetkach qilib bu yog'du olamdin guzar,
Asos g‘azal bayti
  1. Kirgung qaro yer ostig'a oxir sanga yo'q sud, agar
  2. Chiqsang falakka aylabon ayvonlar ayvon ustina.
7-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Qasd etsa jallodi ajal gar har kishining jonig'a,
  2. Boqmas oning yuz hiylau ming rev ila dostonig'a,
  3. Gar Ismi A'zamni o'qub kirsa Ali qalqonig'a,
Asos g‘azal bayti
  1. Hoyil bo'la olmoq emas mumkin ajal paykonig'a,
  2. Dovud qilg'on javshanin kiysa Sulaymon ustina.
8-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Yo'qtur sabot ushbu jahon idboru iqbolig'akim,
  2. Oldanmag'il oqil esang asbobu amvolig'akim,
  3. Berma raoyo xaylini zulm ahli changolig'akim,
Asos g‘azal bayti
  1. Ey shah, inoyat birla boq, aftodalar holig'akim,
  2. Bo'lmish alarning san kibi ko'b kimsa sulton ustina.
9-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Nazm ichradur kashf, Ogahiy, tab'ig'a sirri g'aybkim,
  2. Yo'qtur bu so'z tahqiqida, albatta, shakku raybkim,
  3. Bilgach oni rashk ilgidin yuz chok aylab jaybkim,
Asos g‘azal bayti
  1. Bo'lsa parishon xotiri Rojiyning ermas aybkim,
  2. Jam' o'lg'usi har dam oning anduhi davron ustina.