Muxammaslar
OGAHIY MUXAMMASI (17)
Asos g‘azal aniqlanmagan · Husn va jamol ta'rifi · 9 band
Mutaxassis tasdiqlaganMuxammaslar bo‘limi, 369-370-betlar
O‘qish taraqqiyoti0%
0 / 9 band
Misra ustiga bosing — izoh ochiladi
1-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Qahr aylab ul qotil minib yakron bedod ustina,
- Qosh-u ko'ziga chin solib keldi bu noshod ustina,
- Topmon amon emdi necha dod aylasam dod ustina,
- Mushkin qoshining hay'ati ul chashmi jallod ustina,
- Qatlim uchun "nas" kelturur "nun" eltibon "sod" ustina.
2-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Ul oy muzayyan aylabon qosh yosi birla orazin,
- Jonparvar aylab la'li ruhafzosi birla orazin,
- Ochmish bukun qaddi jahonorosi birla orazin,
- Qilg'il tamosho qomati zebosi birla orazin,
- Gar ko'rmasang gul bo'lg'onin payvand shamshod ustina.
3-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- To ul parining vodiyi ishqi aro qo'ydum qadam,
- Anduh ila g'amdin etar har dam sitam uzra sitam,
- Bu na qotig' hol erdikim buncha sitam ustiga ham,
- Noz-u adou g'amzasi qatlim qilurlar dam-badam,
- Vah, muncha ofatmu bo'lur bir odamizod ustina.
4-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Chiqti bukun tortib qilich ul zolimi xunxorkim,
- Bo'lmay qolur olam aro jon-u dili afgor kim?
- O'trusida oning tirik turmoq kim-u man zorkim?!
- Man xastag'a jon asramoq emdi erur dushvorkim,
- Qotil ko'zi bedod etar har lahza bedod ustina?
5-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- To bir yo'li husni jahontobini aylab jilvagar,
- Jon-u tanimni ishtiyoq o'tig'a yoqdi sarbasar,
- Emdi tarahhum ko'rguzub, holimdin olmas bir xabar,
- Ul gul yuzi shavqi bila shaydo ko'ngul shom-u sahar,
- Bulbuldek aylar ming navo yuz nav' faryod ustina.
6-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Majnun junun dashti aro holimdin ogah bo'lmag'ay,
- Gar bo'lsa ogah, bir qadam olg'uncha hamrah bo'lmag'ay,
- Mandek balokash saxtjon olamda billah bo'lmag'ay,
- Boshimg'a yoqqon g'am toshi mingdin biricha bo'lmag'ay,
- Gardun agar ming Besutun yog'dursa Farhod ustina.
7-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Xulqi shiyam aylar chog'i teng tut yamonu yaxshini,
- Siyri ni'am aylar chog'i teng tut yamonu yaxshini,
- Bazli diram aylar chog'i teng tut yamonu yaxshini,
- Ey shah, karam aylar chog'i teng tut yamonu yaxshini
- Kim, mehr nuri teng tushar vayronu obod ustina.
8-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Joh-u jalol-u davlat-u iqbolning shukrini qil,
- Ya'ni karam aylar chog'i bechoralarni ko'zga il,
- Umri adamfarjomg'a yo'qtur vafo tahqiq, bil,
- Xoki taning barbod o'lur oxir jahonda necha yil,
- Sayr et Sulaymondek agar taxting qurub bod ustina.
9-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- O'zni muhayyo aylang, ey ahbob, siz so'z dergakim,
- Lutf-u fasohatlar bila til ochingiz so'z dergakim,
- Lekin manga targ'iblar ko'rguzmangiz so'z dergakim,
- Ne jur'at ila Ogahiy ochqoy og'iz so'z dergakim,
- Ming xayli g'am qilmish hujum ul zor-u noshod ustina.