Muxammaslar
NAVOIY G'AZALIGA MUXAMMAS (19)
Alisher Navoiy g‘azaliga taxmis · Bahor, gul va bulbul · 9 band
Mutaxassis tasdiqlaganMuxammaslar bo‘limi, 370-371-betlar
O‘qish taraqqiyoti0%
0 / 9 band
Misra ustiga bosing — izoh ochiladi
1-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Ochib maydin yuzing gulgul, chiqib mayxonadin xandon,
- Paridek jilva birla toki bo'lding ozimi maydon,
- Ishim dashti junun ichra yugurmak har taraf nolon,
Asos g‘azal bayti
- Erur sargashta xoki tan aro majnun ko'ngul har yon,
- Tun etkandek quyundin jismig'a Majnuni sargardon.
2-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Chiqib maydon aro to go'yu chavgon o'yunin qurding,
- Qadam altof ila ishq ahlining boshig'a yetkurding,
- Vale har gahki bu devona sori markabing surding,
Asos g‘azal bayti
- Yalang jismim ko'rub oncha balo toshini yog'durding,
- Ki zaxmim bog'lag'ondin emdi ermastur tanim uryon.
3-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Bo'lub holimg'a nozir xalq davrimda qurar halqa,
- Qayon yuz ursam, atrofimdin ayrilmay yurar halqa,
- Na odamdin ulus tanho jivorimda ko'rar halqa,
Asos g‘azal bayti
- Jununim hayratig'a vahsh davrimda urar halqa,
- Musha'bid la'big'a hangomd ahlidek bo'lub hayron.
4-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Oqib yer yuzida har sori yuz ming nahr ashkimdin,
- Xarob o'lmay ne sahro qoldi, ne bir shahr ashkimdin,
- Nechuk aylarsiz, ey ahbob, umid bahr ashkimdin,
Asos g‘azal bayti
- Buzuldi Nuhning to'fonidin so'ng dahr ashkimdin,
- Qiyomat oshkoro bo'ldi: ul to'fonu, bu to'fon.
5-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Bu gulshan ichra har dam boshi uzra yog'ibon jola,
- Qilibdur paykarini har taraf pargola-pargola,
- Bu yanglig' hol ila izhor qilmay oh ila nola,
Asos g‘azal bayti
- Maningdek toza dog'i zaxmidin qon g'arqidur lola,
- Magarkim dog'ini ko'ngligʻa qo'ymish shu'layi hijron.
6-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Inong'il, ey ko'ngul, mehnatsarodur ushbu olamkim,
- Surudu nag'masi — navha, sururu suri — motamkim,
- Kishi gar ondadur hushyor emas bir lahza beg'amkim,
Asos g‘azal bayti
- Ichib garduncha sog'ar, kosh andoq bexud o'lsamkim,
- Ikinchi surdin ham bo'lmag'oy uyg'onmaqim imkon.
7-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Qilib jur'at oyoqingdin, taalluq bandini sindur,
- Tutub ozodlig' rasmin, qadam mayxona sori ur,
- Unut dunyo g'amin, ahbob birla aysh bazmin sur,
Asos g‘azal bayti
- Jahon osoyishin olingda mushkul qilmakim, bordur
- Agar mushkul desang — mushkul va gar oson desang — oson.
8-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Eshitkil gah-gahi ushshoqi bedil oh-u zorinkim,
- G'urur etma ko'rub husning baqoyi bemadorinkim,
- Vafosiz angla ushbu dahr bog'ining bahorinkim,
Asos g‘azal bayti
- Ko'p, ey gul, urma bulbul jonig'a bedod xorinkim,
- Senu mendek gul-u bulbulni ko'r o'tkardi bu bo'ston.
9-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Chekib davron jafosini fuzun a'dou imkondin,
- Yutarman Ogahiydek har nafas yuz ming karat jondin,
- O'tar mundin tun-u kun oh-u nolam charxi gardondin,
Asos g‘azal bayti
- Navoiy, qilma ayb afg'onu faryodimki, davrondin
- Na bir faryod-u o'n afg'onki, yuz faryod-u ming afg'on!