Muxammaslar
ROJIY G'AZALIGA MUXAMMAS (20)
Rojiy g‘azaliga taxmis · Bahor, gul va bulbul · 7 band
Mutaxassis tasdiqlaganMuxammaslar bo‘limi, 372-373-betlar
O‘qish taraqqiyoti0%
0 / 7 band
Misra ustiga bosing — izoh ochiladi
1-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Gulgun yuzingcha ermas gul yuzida latofat,
- Mavzun qading misillik yo'q sarvda rashoqat,
- Bu husninga adou, g'amzang qilib izofat,
Asos g‘azal bayti
- Gulshanda zohir etsang, ey guluzor, qomat,
- Sarv ila gul boshig'a tushkay ajab qiyomat.
2-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Xublar berib agarchi qadu yuziga oro,
- Oshiqlaridin aylar sabr-u xiradni yag'mo,
- Lekin so'zum eshitkil, ey sho'xi mohsiymo,
Asos g‘azal bayti
- Husn olamida ko'bdur koni sabohat, ammo
- Sandek qachon topilg'ay bir ma'dani malohat.
3-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Darding chekarda yo'qtur dard ahlig'a takosul,
- Ermas ayon birida ishqing aro takohul,
- Bormu ravo alarning ahvolidin tajohul,
Asos g‘azal bayti
- Ey mohi avji izzat, muncha nedur tag'oful,
- Ushshoqi benavoda hech qolmadi salomat.
4-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Lutf-u inoyat etti chun Ezidi Muhaymin,
- Odam sariri izzat ustida bo'ldi sokin,
- Iblis zillatig'a ko'b qasd qildi, lekin
Asos g‘azal bayti
- Haq kimga bersa izzat, xor o'lmog'i na mumkin,
- Qo'y, ey hasud, mundoq behuda ish na hojat?!
5-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Ey bo'lg'on olam ichra iydi farah ba'iding,
- Ko'nglungni xurram etkim mahshar kunidur iyding,
- Qufli tarab ocharg'a mehnatdurur kaliding,
Asos g‘azal bayti
- Ofoq ichida rohat topmoq esa umiding,
- Qilma umid olam mulki ichida rohat.
6-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Gar istasang ishingg'a olam aro kushoyish,
- Adlu saxou bazlu himmatni ayla varzish,
- Shardin bo'lub gurezon, xayr aylamakni qil ish,
Asos g‘azal bayti
- Shar'i Nabig'a hurmat, qil faqr elig'a baxshish,
- Shoho, desangki bo'lg'oy Haqdin sanga ionat.
7-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Ey Ogahiy, agar san donishg'a mazhar ersang,
- Ur shah janobig'a yuz har ishda muztar ersang,
- Gar rog'ibi bihishtu v-ar tolibi zar ersang,
Asos g‘azal bayti
- Shohing duosin odat qil, Rojiy, istar ersang,
- Topmoq iki jahonda davlat bila saodat.