Asosiy mazmunga o‘tish
OGAHIY
Muxammaslar

NAVOIY G'AZALIGA MUXAMMAS (21)

Alisher Navoiy g‘azaliga taxmis · Dunyoning bevafoligi va nasihat · 7 band

Mutaxassis tasdiqlaganMuxammaslar bo‘limi, 373-374-betlar
O‘qish taraqqiyoti0%

0 / 7 band

Misra ustiga bosing — izoh ochiladi

1-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Falakkim yaxshilar bazmida qadrimni baland etmas,
  2. Dame yo'qkim, yomonlar majmayida mustamand etmas,
  3. Bu hasratdin ko'zim ashki yo'lin bir lahza band etmas,
Asos g‘azal bayti
  1. Mani man istagan o'z suhbatida arjumand etmas,
  2. Mani istar kishining suhbatin ko'nglum pisand etmas.
2-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Fig'onkim, dahru dun ichra rafiqi topmadim ogah,
  2. Qayon borsam bo'lurlar g'o'lvashlar hamdamu hamrah,
  3. Tilarlar bahra mandin, man tilab topman biridin, vah,
Asos g‘azal bayti
  1. Ne foyda ko'z tutoy ondinki, mandin istagay bahra,
  2. O'zi ham bahramand o'lmas, mani ham bahramand etmas.
3-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Ko'zi zahri esa har nechakim moyil mamotimg'a,
  2. Labi shahdi edi rog'ib o'lumdin ham najotimg'a,
  3. Bu dam vosil emon ul qotili Isosifotimg'a,
Asos g‘azal bayti
  1. Netay huru pari bazminki qatlim yo hayotimg'a,
  2. Ayon ul zahrchashm aylab, nihon bu no'shxand etmas.
4-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Chiqo olmay ko'ngul hayrondur asru shomi furqatdin,
  2. To'kar ashkini ko'z ham intizori subhi vuslatdin,
  3. Iloji bo'lmasa ul mahvash xurshidta'atdin,
Asos g‘azal bayti
  1. Kerakmas oy bila kun shaklikim husnu malohatdin,
  2. Ichim ul chok-chok aylab, tanim bu band-band etmas.
5-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Bukun chobuklar ichra yo'q edi ul shahsuvorimkim,
  2. Birini qilmadi manzur chashmi ashk borimkim,
  3. G'uboroso ne tong gar qolmasa sabr-u qarorimkim,
Asos g‘azal bayti
  1. Kerak o'z chobuku qotilvashu majnunshiorimkim,
  2. Buzuq ko'nglumdin o'zga yerda javloni samand etmas.
6-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Ko'ngulni aylab, ey solik, taalluq chirkidin tohir,
  2. Fano mulkiga azm et, bexavotir aylabon xotir,
  3. Nechakim bersa koming, aylabon mehr-u vafo zohir,
Asos g‘azal bayti
  1. Ko'ngul uz charx zolidin firibin emakim, oxir
  2. Ajal sarrishtasidin o'zga bo'ynungg'a kamand etmas.
7-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Savodi zulfini ko'rgach yumar Ogahiy tun deb ko'z.
  2. Yuzig'a nozir o'lg'och ham tutar qo'l birla kun deb ko'z,
  3. Ko'ngul hayratda qolma, ko'rmas oni ne uchun deb ko'z,
Asos g‘azal bayti
  1. Ul oy o'tlug' yuzin ochib, Navoiy, tegmasun deb ko'z,
  2. Muhabbat tuxmidin o'zga ul o't uzra sipand etmas.