Muxammaslar
Munis g‘azaliga muxammas (3)
Munis Xorazmiy g‘azaliga taxmis · Tavba va hidoyat tilash · 7 band
Mutaxassis tasdiqlaganMuxammaslar bo‘limi, 347–452-betlar
O‘qish taraqqiyoti0%
0 / 7 band
Misra ustiga bosing — izoh ochiladi
1-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Tushmay guzori gulshani toat aro manga,
- Dashti fasod sari ravish borho manga,
- Bo‘lmish bu yo‘lda jon-u ko‘ngul benavo manga,
Asos g‘azal bayti
- Yo Rab, xizonayi karaming qil ato manga.
- Bergil aniki, maqsad erur ul sango mango.
2-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Tokim vujud raxtini egnimga olmisham,
- Jurmi gunoh yo‘li aro o‘zni solmisham,
- Bu yo‘lda po‘ya qilmoq ila asru tolmisham,
Asos g‘azal bayti
- Dashti zalolat ichra sarosima qolmisham.
- Tavfiq sari boshla tariqi hudo manga.
3-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Masjid gahiyu dayr maqomim gahi bo‘lur,
- Har dam yo‘lum bir o‘zga amalning rahi bo‘lur,
- Yo‘qdur damiki dag‘dag‘adin jon tahi bo‘lur,
Asos g‘azal bayti
- Man bilmon ul yo‘liki sanga muntahi bo‘lur,
- To qilmasang hidoyatingi rahnamo manga.
4-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Tutmish fasod lashkari tegramni peshu pas,
- Qaydu havoda qolmisham ul nav’kim nafas,
- Bo‘ynumg‘a nafs kashmakashidin tushub maras,
Asos g‘azal bayti
- Solmishdir dilimga havo quflini havas,
- Qil shafqating kalidini mushkulkusho manga.
5-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Ko‘hi gunoh ostidaman necha moh-u sol,
- Ondin xalos bo‘lmoqim asru erur mahol,
- Ko‘rmay ravo hamisha mani zorg‘a bu hol,
Asos g‘azal bayti
- Ko‘nglumga tavba shu’lasidin bir sharora sol,
- To kuygay ul sharor ila ko‘hi xato manga.
6-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Ishqing yo‘lida qil manga mardonalig‘ nasib,
- Shavqing taxayyuli aro farzonalig‘ nasib,
- Aylab qabul ahlig‘a hamxonalig‘ nasib,
Asos g‘azal bayti
- Begonalig‘din et menga begonalig‘ nasib,
- O‘z oshnolig‘ingni qilib oshno manga.
7-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Vaslingdin Ogahiy kibi topmaq tilab murod,
- Qo‘ydim rahi muhabbatingga gomi e’tiqod,
- Bu yo‘l azimatida qilib ko‘shishim ziyod,
Asos g‘azal bayti
- Lutfingni Munisim qil, yo‘lumg‘a ber kushod,
- Kim saddi roh erur hujubi mosivo manga.