Asosiy mazmunga o‘tish
OGAHIY
Muxammaslar

Munis g‘azaliga muxammas (4)

Munis Xorazmiy g‘azaliga taxmis · Nafs bilan kurash va najot tilash · 7 band

Mutaxassis tasdiqlaganMuxammaslar bo‘limi, 347–452-betlar
O‘qish taraqqiyoti0%

0 / 7 band

Misra ustiga bosing — izoh ochiladi

1-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Toatingda qilg‘il xam man hazing‘a qad, yo Rab,
  2. Mubtaloyi jurm aylab, qo‘yma to abad, yo Rab,
  3. Bo‘lmayin tani xokim maskani lahad, yo Rab,
Asos g‘azal bayti
  1. Harnakim qabuling yo‘q, mandin ayla rad, yo Rab,
  2. Kim man aylay olmasman, farqi neku bad, yo Rab.
2-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Jurm xaylidin tegram har dam evrulub Ya’juj,
  2. Xasta murdur ko‘nglum hirs anga bo‘lub Ya’juj,
  3. Jism kishvari ichra fisqdin to‘lub Ya’juj,
Asos g‘azal bayti
  1. Ruhi shaxsidur ojiz, nafsi shum o‘lub Ya’juj,
  2. Faqr ila fano qofin qil aroda sad, yo Rab.
3-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Ko‘zga dahr asbobi ko‘runub bag‘oyat xo‘b,
  2. Har birisi ko‘nglumga o‘zgacha erur marg‘ub,
  3. Bo‘lmisham havo birla hirs xayliga mankub,
Asos g‘azal bayti
  1. Lashkari havas g‘olib man bo‘lub anga mag‘lub,
  2. Ishq xaylidin yetkur endi sen madad, yo Rab.
4-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Islamay guli maqsad faqr navbahoridin,
  2. Jonni qilmisham majruh kibr dashti xoridin,
  3. Yuvmayin badan chirkin fayzi chashmasoridin,
Asos g‘azal bayti
  1. Tiyradur ko‘ngul asru o‘zlukum g‘uboridin,
  2. Sayqal et bu ko‘zgug‘a kul qilib hasad, yo Rab.
5-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Dahr sho‘xining bilkull shavqini chiqar boshdin,
  2. Rag‘batimni kes barcha orazi ko‘z-u qoshdin,
  3. G‘ayr yodiyu maylin mahv qil ichu toshdin,
Asos g‘azal bayti
  1. Ishqning ichra mijgonim qatrarez etib yoshdin,
  2. Ko‘ngluma g‘amingdan ber ohi beadad, yo Rab.
6-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Hajr tiyg‘idin majruh jismi notavonimdur,
  2. Shavq ila kecha-kunduz beqaror jonimdur,
  3. Sharhi holima ojiz nutq ila bayonimdur,
Asos g‘azal bayti
  1. Chun sanga esa zohir harnakim nihonimdur,
  2. Arz etarga behuda manda bor ne had, yo Rab.
7-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Ogahiy so‘zin rangin aylakim, guliston qil,
  2. Andalibdek ko‘nglin har nafas xushilxon qil,
  3. Sheri ichra har baytin ganji duri irfon qil,
Asos g‘azal bayti
  1. Ayla nazm aro Munis kilkini durafshon qil,
  2. Tinmasun to‘kardin yosh diydayi hasad, yo Rab.