Muxammaslar
Munis g‘azaliga muxammas (5)
Munis Xorazmiy g‘azaliga taxmis · Vasl umidi va faqr yo‘li · 9 band
Mutaxassis tasdiqlaganMuxammaslar bo‘limi, 347–452-betlar
O‘qish taraqqiyoti0%
0 / 9 band
Misra ustiga bosing — izoh ochiladi
1-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Umidim bo‘stonig‘a karam abrin matarbor et,
- Murodim bog‘ini husnung gulidin jannatosor et,
- Xazoni hajrdin tab’im gulistonini bexor et,
Asos g‘azal bayti
- Bahori vasl ila, yo Rab, ko‘ngul dashtini gulzor et,
- Guli diydoringa ruhim qushini bulbuli zor et.
2-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Yetushmay ilm-u donish sog‘aridin qatrayi durda,
- Bu mahfil ichra man maqsad xumori birla pajmurda,
- Necha umr o‘ldikim bu hol ila man zor-u ozurda,
Asos g‘azal bayti
- Jaholat shomi, g‘aflat uyqusidin bo‘ldim afsurda,
- Mani ogahlig‘ subhi nasimi birla bedor et.
3-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Ko‘ngul g‘amgin erur shayton firibi birla oy-u yil,
- Hazindur jon dag‘i ochilmayin zikringga bir dam til,
- Tarahhum ko‘rguzub lutfung ko‘zig‘a ushbu holim il,
Asos g‘azal bayti
- G‘amin ko‘nglumni vasvosi shayotindin xabarsiz qil,
- Hazin jonimni asrori ilohidin xabardor et.
4-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Havas ko‘yida aylab kecha-kunduz shitobonlig‘,
- Har eshikka borib komimni topmay yondim armonlig‘,
- Berib mundoq gadolig‘din mango emdi pushaymonlig‘,
Asos g‘azal bayti
- Fano mulkida ber taxti baqo uzra Sulaymonlig‘,
- Vujudim naqshini yo‘qluq niginida namudor et.
5-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Kishi har necha bo‘lsa joh ila muknat aro komil,
- Bo‘lur yuz hissa oncha kibr ila naxvat ango hosil,
- Man o‘ldim bu jihatdin dardi ishq-u faqrg‘a moyil,
Asos g‘azal bayti
- Bo‘lur joh-u salomat ahli ham mag‘rur, ham g‘ofil,
- Mani chek, bistari faqr uzrau ishqingda bemor et.
6-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Erurman kecha-kunduz hajr zindonida g‘amfarsud,
- Topo olmon o‘zimni vasl bazmida dami xushnud,
- Murodim komig‘a yetmay zamone bodayi maqsud,
Asos g‘azal bayti
- Xumori hajrdin har dam to‘karman ashki xunolud,
- Visoling bodayi gulguni birla mastu sarshor et.
7-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Yetib husnungdin ushbu dahr barcha xubig‘a husni,
- Bori tolib topar sandin o‘zi matlubig‘a husni,
- Maning ham gar tilarsan xotirim marg‘ubig‘a husni,
Asos g‘azal bayti
- Berib nuri Xudodin botinim mahbubig‘a husni,
- Anga ushshoq, bal ma’shuqlar ko‘nglin giriftor et.
8-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Hamisha nafs ishidur tiyralik andoqki xoki rah,
- Tun-u kun ruh ishi bermak safog‘a ko‘zgudek jilvah,
- Vale tadrij ila ul topib istilo munga vah-vah,
Asos g‘azal bayti
- G‘ubori nafs ruh oyinasin doim qilur tiyrah,
- Oni raf’ aylabon mundin munga sayqal padidor et.
9-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Qachonkim Ogahiy mahshar qiziq bozorig‘a kirsa,
- Do‘koni ajz aro toat kasod ajnosini tersa,
- Topilmas mushtari hargiz necha arzon baho bersa,
Asos g‘azal bayti
- Matoi toati Munis agarchi norivoj ersa,
- Anga lutfungni rahmat chorsusida xaridor et.