Muxammaslar
Navoiy g‘azaliga muxammas (6)
Alisher Navoiy g‘azaliga taxmis · Fano yo‘li va solik safari · 9 band
Mutaxassis tasdiqlaganMuxammaslar bo‘limi, 347–452-betlar
O‘qish taraqqiyoti0%
0 / 9 band
Misra ustiga bosing — izoh ochiladi
1-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Fano shahrig‘a yo‘l ulkim, anga dashti baqodur nom,
- Bu yo‘ldin ul shahr ichra yuz Iskandaru Bahrom,
- Dame tinmay anga ozimdururlar barcha xosu om,
Asos g‘azal bayti
- Baqo dashti nechuk qat’ o‘lmasun aylab murur ayyom
- Ki, har manzil anga bir kavnduru, har dam anga bir kom.
2-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Qilib yo‘l qat’ini, horg‘ach chiqarlar purfiroq ko‘b vaqt,
- Gahi sokin bo‘lurlar, gah uzoturlar ayog‘ ko‘b vaqt,
- Gahi manzilga etgach, maks etarlar yaxshiroq ko‘b vaqt,
Asos g‘azal bayti
- Bo‘lur manzilda turmoq muddate gom urmamoq ko‘p vaqt,
- Bu manzil qat’iyu, bu gomdin bo‘lmas dame orom.
3-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Bu manzilning hisobin bilmak ermasdur kishi mumkin,
- Xirad bu komlig‘da diydadodur hayrat aro sokin,
- Ko‘runur bu jihatdin elga yo‘l asru yiroq lekin,
Asos g‘azal bayti
- Ajoyib qat’i bir manzilda gomidurki, o‘midin
- Kishi tebranmayin ham qat’ o‘lur, ham solinur nokom.
4-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Qilurg‘a qat’ bu manzilni hech ish bo‘lmadi mone’,
- Muningdek gom urardin emin ermas sojidu roke’,
- Bas, emdi odam uldur, bu safarni qilmasa zoe’,
Asos g‘azal bayti
- Bu yanglig‘ manzilu gomi zaruriy chun erur voqi’,
- Ham avlo Ka’bayi maqsud sari bog‘lamoq ehrom.
5-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Ajab yo‘ldur, kim onda sayr etarlar xalqning bori,
- Vale ma’lum emas qat’ etgan elning hech osori,
- Bu yo‘l asrorining bir kimsa bo‘lmaydur xabardori,
Asos g‘azal bayti
- Suluku sayrkim ko‘rmishki gar chillanishin qori
- Va yoxud chilla ichra tifl tengdur anda subh-u shom.
6-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Chekib har dam bu yo‘l sayrida yuz dard-u balo solik,
- Qilurg‘a qat’ tinmay ko‘shish aylar borho solik,
- Vale fahm aylamas, bu sayrdin bir muddao solik,
Asos g‘azal bayti
- Erur bu turfakim, mundoq suluku sayr aro solik,
- Emas o‘z ixtiyori birla ne og‘ozu ne anjom.
7-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Bu yo‘l azmida ham kun gom urub, ham tun qilib shabgir,
- Mashaqqat birla umrin o‘tkarib, bo‘lmish javonlar pir,
- Bu hol ila ajabkim, po‘yadin mumkin emas taqsir,
Asos g‘azal bayti
- Bu ondin turfaroqkim, etmayin maqsadqa mingdin bir,
- Bu yo‘l qat’ida tufrog‘ o‘ldilar, yo‘l topmayin itmom.
8-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Bu yo‘lda devlar izhor aylab ziynatu zayni,
- Ulusni ozg‘ururg‘a ko‘rguzurlar sho‘r ila shayni,
- Bu yo‘lni qat’ qilmoq barchaning bo‘ynidadur dayni,
Asos g‘azal bayti
- Musofirkim bu yo‘l oldig‘a tushkay turfatul-ayni,
- Agar o‘z holidin g‘ofil bo‘lur, bo‘lg‘ay bag‘oyat xom.
9-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Damo-dam Ogahiyg‘a sanchilib xor-u firoq asru,
- Tani zorini majruh aylamish boshdin oyoq asru,
- Yetib maqsad harimig‘a el, ul qolmish qiroq asru,
Asos g‘azal bayti
- Ilohiy, yo‘l erur behad qotiq, manzil yiroq asru,
- Navoiy birla sen bo‘lsang, yetar manzilg‘a avval gom.