Muxammaslar
Ogahiy muxammasi (7)
Asos g‘azal aniqlanmagan · Dunyo bevafoligi va qanoat · 7 band
Mutaxassis tasdiqlaganMuxammaslar bo‘limi, 347–452-betlar
O‘qish taraqqiyoti0%
0 / 7 band
Misra ustiga bosing — izoh ochiladi
1-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Rohati dunyo baloi mubramig‘a arzimas,
- Oshkoro no‘shi nishi mubhamig‘a arzimas,
- Yuz isig‘ kulgusi bir sovuq damig‘a arzimas,
- Dahr bazmi ayshi anduhi g‘amig‘a arzimas,
- Sharbati jonparvari muhlik samig‘a arzimas.
2-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Gulshani gardunki, yo‘qtur xushhavolig‘ subhida,
- Kulgu ermaskim, ayondur behayolig‘ subhida,
- Istama bir dam ziyoyi oshnolig‘ subhida,
- Yuz yil o‘lsang, yor vaslining safolig‘ subhida,
- Bir zamonlig‘ hajr shomi muzlamig‘a arzimas.
3-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Bo‘lsa bazming jannatu soqiylari g‘ilmonu hur,
- Topsang onda ulchakim koming erur aysh-u surur,
- Voqif o‘l holingg‘a, bo‘lma masti sahboi g‘urur,
- Yetsa davrondin sanga umrlar sur uzra sur,
- Bir nafas yetkan maloli motamig‘a arzimas.
4-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Eyki ma’qul onglabon nafsing xayoli fosidin,
- Aylading mahbub o‘zinga dahr Zaydu Xolidin,
- Halqayi maqsud etib bo‘yningg‘a zulfu soidin,
- La’lidin gar jon topub, quchsang muroding shohidin,
- Naz’ vaqti paykaring pechu xamig‘a arzimas.
5-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Maskan etting, tut xilofat taxti uzra necha yil,
- Ham bari olam elin avsofinga mashg‘ul bil,
- Bo‘lsa gar hushing bularg‘a g‘arra bo‘lma, onglag‘il,
- Madhinga ochib ulus yuz xush iborat birla til,
- Bir qabih alfoz ila qilg‘on zamig‘a arzimas.
6-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Jam’ etarga mol ranja qilmog‘il jon-u taning,
- Oqil ersang, aylagil rasmi qanoatni faning,
- Bo‘lma mahzun simu zardin to‘lmadi deb maxzaning,
- Teng tut amvoli jahon beshu kaminikim, oning
- Inbisoti beshi anduhi kamig‘a arzimas.
7-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Fikring otini tama’ maydoni ichra surmakim,
- Yuz qanoat go‘shasidin o‘zga sori urmakim,
- Har ne boru yo‘qinga rozi bo‘l, qayg‘urmakim,
- Istabon aysh, Ogahiy, g‘am boshinga kelturmakim,
- Dahr bazmi ayshi anduhi g‘amig‘a arzimas.