Muxammaslar
Navoiy g‘azaliga muxammas (8)
Alisher Navoiy g‘azaliga taxmis · Faqr va qanoat afzalligi · 7 band
Mutaxassis tasdiqlaganMuxammaslar bo‘limi, 347–452-betlar
O‘qish taraqqiyoti0%
0 / 7 band
Misra ustiga bosing — izoh ochiladi
1-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Ne bo‘la oldim g‘ami uqbo saranjomi bila,
- Ne farah topdim jahon sahboyi gulfomi bila,
- Ish manga tun-kun ulus ta’zimu ikromi bila,
Asos g‘azal bayti
- Vahki, umrum barcha zoye’ bo‘ldi el komi bila,
- Bodayi nob o‘rnig‘a xunoba oshomi bila.
2-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Ey ko‘ngul, qil borcha komingni Xudodin multamas,
- Istasang rohat zamona ahlidin payvand kas,
- Komron bo‘lmoq tilab, shah xizmatin qilma havas,
Asos g‘azal bayti
- Kimsa yuz yil komronlig‘ qilsa, bilkim arzimas,
- Dahr aro bir lahza bo‘lmoqg‘a birov komi bila.
3-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Faqr elig‘a kulbasi mulki jahondin yaxshikim,
- Onda eski bo‘ryo taxti Kayondin kim yaxshikim,
- Tinchliq birla atola no‘shi jondin yaxshikim,
Asos g‘azal bayti
- Zahrni o‘z komi birla ichsa ondin yaxshikim,
- Obi hayvon sharbatin nokomlig‘ jomi bila.
4-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Qadni har tun xam qilib Tengri ruku’ig‘a egil,
- Och saharlar oh urub, afg‘on chekib zikrig‘a til,
- Aysh-u ishrat joyi ermastur bu olam, onglag‘il,
Asos g‘azal bayti
- Ey ko‘ngul, el subhi ayshi sori boqma, xo‘y qil,
- Fardlig‘ vayronida mehnat qaro shomi bila.
5-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Har kishikim faqr piridin erur irshodliq,
- Go‘sha ichra irik moshob ila mo‘’todliq,
- Yetmagay hargiz anga shah xil’atidin shodliq,
Asos g‘azal bayti
- Qushg‘a yung maskan aro xushroqdurur ozodliq,
- Bo‘lg‘onidin band aro sayyod yifak domi bila.
6-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Ahli dunyokim erurlar odamiliqdin yiroq,
- Peshasi ozor-u minnat, odati kinu nifoq,
- Hushing o‘lsa, bu so‘zimga sidq ila tutg‘il quloq,
Asos g‘azal bayti
- Bo‘lmoq itlar mun’ami tan, tu’ma aylab yaxshiroq
- Tanni qilg‘uncha semuz nokaslar in’omi bila.
7-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Oraz o‘ldi zard, tark et guljabinlar suhbatin,
- Qomat o‘ldi xam, unutg‘il sarvqadlar qomatin,
- Ogahiydek tinmayin oxtorma dunyo ishratin,
Asos g‘azal bayti
- Ey Navoiy, huzn ila o‘tkir qarilig‘ mehnatin
- Kim, yigitlik bordi aysh-u ishrat ayyomi bila.