Muxammaslar
Navoiy g‘azaliga muxammas (1)
Alisher Navoiy g‘azaliga taxmis · Ilohiy husn va oshiqlik · 7 band
Mutaxassis tasdiqlaganMuxammaslar bo‘limi, 347–452-betlar
O‘qish taraqqiyoti0%
0 / 7 band
Misra ustiga bosing — izoh ochiladi
1-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Ey bog‘i husning fayzidin gullar tarovat iltivo,
- Bulbul g‘ami ishqing aro ahli navog‘a peshvo,
- Olam gulistoni aro bo‘yi nasiming ustuvo,
Asos g‘azal bayti
- Ey navbahori orazing subhig‘a jonparvar havo,
- Ondin gul-u bulbul topib yuz barg birla ming navo.
2-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Jannatda Tuboning baland iqboli johi negakim,
- Aflok avji Sidraning oromgohi negakim,
- Mundoq olar bu manzilat topti ilohiy negakim,
Asos g‘azal bayti
- Tubiyu shoxi Sidradur ko‘yung giyohi negakim,
- Ushshoq ashki ohidin har dam topar obu havo.
3-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Ranjuri hajring nolayi jonkoh tortib subhi shom,
- Dor ush-shifoyi ko‘yunga ummid birla ursa gom,
- Jullob vaslingni anga ber ey Hakimi loyanom,
Asos g‘azal bayti
- Zahri firoqingdin qayu oshiqki bo‘ldi talxkom,
- No‘shi visoling etmasa Iso anga topmas davo.
4-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Da’voyi ishqing jon etar lafzi «alast» oytilg‘oli,
- Nafs oni inkor etgusi jism ichra jon qotilg‘oli,
- Keldim sanga bu hasmdin isbot ila ayrilg‘oli,
Asos g‘azal bayti
- Chun Qoziyul Hojotsen da’voyi mehring qilg‘oli,
- Dard-u firoq anduhidin kelturmisham ikki guvoh.
5-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Odam adam xoki edi yuz ming qurunu azmina,
- Ne anda jism erdi, ne jon ne bir savobu ne gunah,
- O‘z xohishing birla anga qilding vujud uyin binah,
Asos g‘azal bayti
- Qilmay qabul ijodning imkoni yo‘q so‘ngra yana,
- Maqbulni rad aylamak lutfingdin o‘lg‘aymu ravo?
6-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Hushing qulog‘ini tutib har dam bu pandimni eshit,
- Sokin vatan ichra bo‘lub atrofi olam sayrin et,
- Ag‘yor birla anjuman har necha imkondir qizit,
Asos g‘azal bayti
- Zohid ko‘ngulning xilvatin matlub g‘ayridin orit,
- Sen sayr qilsang qil, kerak ko‘nglungda bo‘lsun inzivo.
7-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Gar istar ersang Ogahiy ul yuz sari solmoq nazar,
- Ko‘zga fano maydonining gardidin et kuhl ul-basar,
- Bir zarra chog‘liq qo‘ymag‘il jisming g‘uboridin asar,
Asos g‘azal bayti
- Desang, Navoiy, jon aro mahbub bo‘lsin jilvagar,
- Avval ko‘ngul ko‘zgusidin mahv ayla naqshi mosivo.