Muxammaslar
Navoiy g‘azaliga muxammas (2)
Alisher Navoiy g‘azaliga taxmis · Ilohiy zot va aql ojizligi · 9 band
Mutaxassis tasdiqlaganMuxammaslar bo‘limi, 347–452-betlar
O‘qish taraqqiyoti0%
0 / 9 band
Misra ustiga bosing — izoh ochiladi
1-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Ey kelib ma’mur amring dahr aro har neku bad,
- Mazhari aksi jamoling insu jinu domu dad.
- Vasfi husnungg‘a xirad o‘zni qilg‘ay mu’ad,
Asos g‘azal bayti
- Ey jamoling mehridin ravshan azaldin to abad,
- Zarra yanglig‘ ul yorug‘luq ichra sargardon xirad.
2-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Aqli komil aylabon mohiyating zoting talab,
- Yuz tafakkur birla har sori yuz urdi ro‘z-u shab,
- Vodiyi hayrat aro qoldi chekib ranju ta’ab,
Asos g‘azal bayti
- Kunhi zotingdin xirad, gar a’mo o‘lsa ne ajab,
- Zarra gar yuz ming quyosh mohiyatin bilmak ne had.
3-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Ham ochib gullar bahori orazingdin dashtu tob,
- Ham topib nuzhat jamoling fayzidin bo‘stonu bog‘,
- Ham yorub mehri ruxing anvoridin sham’u charog‘,
Asos g‘azal bayti
- Ham xirad nuri topib husnung quyoshidin dimog‘,
- Ham vara’ ro‘zi olib zikring g‘izosidin hasad.
4-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Kimki dahr ichra ishi oning sukundur yo‘qsa sayr,
- Kimki oning varzishi har lahza shardur yo‘qsa xayr.
- Orzusi — sensen, bori elga emas maqsud g‘ayr,
Asos g‘azal bayti
- Sanga tolib kimki, azmi Ka’ba aylar, yo‘qsa dayr,
- Sen murodi kimki, dayr ichra sanam yo der Samad.
5-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Ul kishidur olam ichra sarvari ahli uqul,
- Kim topar istab qabuling toat ahlig‘a vusul,
- Gar ulus mardud qilsa, zarracha bo‘lmas malul,
Asos g‘azal bayti
- Xalq dardidin ne g‘am, topg‘ang‘a lutfingdin qabul.
- El qabulidin ne sud, oniki qahring qilsa rad.
6-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Jurmi isyondur tun-u kun odam ahli varzishi,
- Bo‘yla holatda o‘tar solu mahu yozu qishi,
- Yo‘qdurur, yo Rab, sanga maqbul tushgay har ishi,
Asos g‘azal bayti
- Bo‘lmag‘ay mumkin zalolat chohidin chiqmoq kishi.
- Lutfing ilki rishtayi tavfiq ila qilmay madad.
7-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Toatingning shog‘ili faqr ahli ham ahli g‘urur,
- Ne’matingning moyili gar sheri nar, gar xasta mur,
- Qudratingning qoyili ham so‘k eli, ham ahli sur,
Asos g‘azal bayti
- Quvvatingning ojizi gar filtan, gar sheri zo‘r,
- Minnatingning shokiri gar guljabin, gar sarvqad.
8-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Qahring aylab necha toqat ahlini ahli azob,
- Lutfing etti necha jurm ahlini shod-u komyob,
- Ne birov navmidi omurzish, ne bevahmi itob,
Asos g‘azal bayti
- Ham munojot ahlining ko‘nglida isming behisob,
- Ham xarobot ahli jonida umiding beadad.
9-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Ogahiydek tutmayin amringniyu nahyingni pos,
- Bo‘lmisham mahbusi zindoni gunohi beqiyos.
- Lutf etib bergil najot, ey loyiqi hamdu sipos,
Asos g‘azal bayti
- Jurmi isyon loyidin chiqmoq Navoiy iltimos,
- Sandin aylar negakim yo‘qtur sanga kufuvan ahad.